Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
-Jаdvаl. MHTdаgi sеktоrlаr tаsnifi
Download 168.32 Kb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy jarayonlarini prognozlash
- Izlanuv prognozi
- 1.Ekspert usuli.
1.1-Jаdvаl.
MHTdаgi sеktоrlаr tаsnifi
Makroiqtisodiy jarayonlarini prognozlash Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami shakllanishini nazariy tomonlarini «Iqtisodiyot nazariyasi» fani o'rgatadi. Tarmoq ichidagi bilvosita ishlab chiqarish va xizmat qilish ko‘rsatkichIari, ularni belgilovchi omillar, mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi resurslardan oqilona foydalanish ko‘rsatkichlari ulami hisoblash usullarini «Mikroiqtisodiyot» fani o'rgatadi. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyot har bir mamlakatning geografik joylashish, mintaqaviy xususiyatlarining o‘ziga xosligi masalalari haqida yetarii bilimga ega bo‘lish makroiqtisodiy tahlilni to‘g‘ri o‘tkazishga asos boTadi. Makroiqtisodiy tahlilda mamlakatning eksport va import salohiyatini o‘zida aks ettiruvchi to`lov balansi asosiy mavzulardan hisoblanib ushbu yo‘nalishning kengroq o‘rganadigan fan «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fanidir. Faning nomiga alohida urg‘u beradigan yo‘nalish bu iqtisodiy tahlil hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil keng qamrovli ilmiy amaliy faoliyat turi bolib uning nazariy va uslubiy yo‘nalishlari ko‘plab ilmiy asarlar, adabiyotlarda yoritilgan. Albatta XXI asrda har qanaqa fanni o‘rganishda va o‘rgatishda axborot texnologiyalari hamda ular uchun texnik vositalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Prognozlashtirish o‘ta murakkab jarayon bolib, u oliy matematika va ehtimollar nazariyasi kabi fundamental fanlarni chuqur o‘zlashtirishni taqozo qiladi. Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish va ularni amaliyotga keng qollash usullarini ekonometirika, matematik statistika hamda iqtisodiy matematik modellar fanlari o‘rganadi. Yuqorida qayd etilgan fanlami amaliyotda keng qollanishi, optimai va statistik masalalarni axborot texnologiyalari yordamida yechish uchun, albatta, matematik dasturlashni bilish lozim boladi. Shuning bilan birgalikda prognozist, psixolog, optimist hamda yuqori darajada fikrlaydigan, atrof-muhitga to‘g‘ri baho beradigan, kelajakni to‘g‘ri tasavvur qila oladigan faylasuf bolishi kerak. Prognozlash usullari va modellashtirish asosiy mohiyati va tasnifi Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining tuzilishi hisoblanadi. Тurlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib ko’rilishi mumkin. Masalan, ob’ektlarga, prognozlash usullariga, yechiladigan masalalarga, vazifalarga va boshqalarga. Bulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi: - prognozlash ko’lami; - prognozlash muddati; - ob’ekt xarakteri; - prognoz funksiyalari (funksional belgi). Prognozlash ko’lami bo’yicha quyidagilar ko’rsatib o’tilgan. a) makroiqtisodiy (xalq xo’jaligi) va tarkibiy (tarmoqlararo va regionlararo) prognozlash; b) xalq xo’jaligi majmualarining prognozlari (yoqilg‘i, energetika, agrosanoat, ishlab chiqarish infratuzilmasi, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari va boshqalar); v) tarmoq va regional prognozlar; g) xalq xo’jaligi tizimining boshlang‘ich bo’g‘inlarini prognozlash (korxonalarda ishlab chiqarish uyushmalarini va hokazo). Тuzilish muddati bo’yicha prognozlar operativ, qisqa muddatli, o’rta muddatli, uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Operativ prognoz bir oygacha; -qisqa muddatli prognozlar 1 oydan 1 yilgacha; -o’rta muddatli prognozlar 1 yildan 5 yilgacha; -uzoq muddatli prognozlar 5 yildan 20 yilgacha; O’ta uzoq muddatli prognozlar 20 yildan ortiq tasdiqlanish muddatiga ega. Prognozlarning izlanilayotgan ob’ekt xarakteriga ko’ra bo’linishlari har xil qayta ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko’ra, prognozlash quydagilarga ajratiladi. · ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi; · ilmiy-tehnik jarayonlarni ijtimoiy-iqtisodiy xarakterlari va oqibatlari; · iqtisodiyot dinamikalari (sur’atlari, faktlari va tuzilishlari); · bandlik, mehnat resurslari va kadrlarni qayta tayyorlash; · tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; · tadqiqotning yashash sharoiti; · asosiy fondlar va kapital qo’yilmalarni qayta tiklash. Prognozlar funksional belgisiga qarab ikkiga - normativ va izlanuv prognozlariga bo’linadi.
3.Modellash – bu, prognozlashtirilayotgan ob’ekt tuzilishida kutilayotgan o’zgarishlarning normativ modellaridagi izlanishdir. Prognozlash amaliyotida sanab o’tilgan prognozlarni ishlab chiqish yo’llari birgalikda qo’llaniladi. Download 168.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling