Makroiqtisodiyot fanidan erkin mavzuda mustaqil ish


Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi


Download 97.56 Kb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi97.56 Kb.
#1028482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tashqi savdo siyosati

Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi.

Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.

Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan.

Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi.

Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.

1. Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi.

2. Afzal ko’rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi.

3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.

Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga litsenziyalar berish huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.

4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash

Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi.


Download 97.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling