Makroiqtisodiyot fanidan erkin mavzuda mustaqil ish


Download 97.56 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi97.56 Kb.
#1028482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tashqi savdo siyosati

Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi.Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o’simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga ko’ra, taqsimlangan mahsulotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.

2. Importga ta’riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga hamda iste’molchilarga ta’siri

Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o’zaro farqlanadi. Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o’rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil bo’lib, buni biz quyidagi grafik vositasida ko’rib chiqamiz.

Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo’lgan. Talab va taklif o’rtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan.

Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yo’qotishlarga duch keladilar. Bu yo’qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko’rsatilgan.

Baholarning ko’tarilishi ilgari raqobatbardosh bo’lmagan ayrim ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko’rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo’qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo’qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o’sgan foydasiga aylanadi.


Download 97.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling