Makroiqtisodiyot fanidan Mustaqil ishi
Download 0.54 Mb.
|
Tilavov Nasullo 16-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- P ↑→ Moliyaviy S ↓ aktivlarning → AD↓ real qiymati S ↑
- 1. Istemol xarajatlaridagi ozgarishlar
- 2. Investitsiya xarajatlaridagi ozgarishlar
P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan istemol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, yani istemolga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. som bolsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin boladi, agarda inflyatsiya tasirida mashina narxi 12 mln. somga kotarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. som jamgarish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi. Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib ksladi. P ↑→ Moliyaviy S ↓ aktivlarning → AD↓ real qiymati S ↑ Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va oz navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bolgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga tasir korsatadi. X↓ P ↑ Xn↓→ AD↓ M↑ Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar jami talabning narx omillari deb ataladi. Bundan tashqari jami talabning narhlarga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud. Bu omillardagi ozgarishlar jami talabning miqdorida oz aksini topadi va uning egri chizigini chapga yoki ongga siljitadi. Jami talabning narxlarga bogliq bolmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: 1. Istemol xarajatlaridagi ozgarishlar: istemolchilarning real moddiy aktivlari qiymatining ozgarishi, bu erda real moddiy aktivlarning qiymati inflyatsiya tasirida ozgarishini emas (Pigu samarasi), balki boshqa sabalarga kora ozgarishi nazarda tutiladi. Masalan aktsiyalarning narxi keskin osishi bilan aktsiyadorlarning boyligi oshadi va ular koproq istemol kilishga moyil boladi va aksincha uylarning va erlarni narxi keskin pasayishi bilan istemolchining boyligi kamayadi va u koproq jamgaradi; istemolchilar kutishi, yani kelajakda real daromadlarning kotarilishi kutilsa, yoki inflyatsiya darajasi yuqoriroq bolishi bashorat qilinsa, aholi koproq istemol qilishni boshlaydi; istemolchilarning qarzlari miqdorining ozgarishi agar oldingi istemol kredit hisobiga qilingan bolsa; istemolchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining ozgarishi, soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi. 2. Investitsiya xarajatlaridagi ozgarishlar: foiz stavkasidagi ozgarishlar, bu erda Keyns samarasi emas, balki foiz stavkasini boshka narxlar darajasiga boglik bolmagan ozgarishlari nazarda tutiladi. Masalan, pul massasining oshishi foiz stavkasini pasaytiradi va natijada investitsiya xarajatlari oshadi; investitsiyalardan kutilayotgan foyda meyorining ozgarishi, masalan, istemol xarajatlarning oshishi kutilayotgan bolsa, ishlab chikaruvchilarning kutilayotgan foydasi ham oshadi va natijada ular ishlab chiqarishga koproq investitsiya qilishga moyil boladilar; korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining ozgarishi, soliqlar darajasining oshirilishi korxonalarning kapital qoyilmalardan olgan foydasini kamaytiradi va natijada ular kamrok investitsiya qiladi; yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi, yangi va takomillashtirilgan texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish uchun ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib oladi; zahiradagi quvvatlar ozgarishi, zahiradigi ishlab chiqarish quvvatlari miqdori yuqori bolsa, ishlab chiqaruvchilar yangi uskunalar sotib olishni va yangi inshootlar qurishni toxtatib qoyyadilar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling