Makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
mavsumiy 2. qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‘zgarib turuvchi
Download 13.89 Kb.
|
Poke Makro
1. mavsumiy2. qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‘zgarib turuvchi3. narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobatga olmaydiBozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar narxlari tartibga solinishi to’g’ridan-to’g’ri umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda qo‘llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy inflyatsiyani hisoblash maqsadida iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi.Pul kredit siyosatining elementlaridan biri ochiq bozordagi operatsiyalar - jahon amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank oʼz mablagʼlari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qogʼozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qogʼozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar АQSh, Аngliya, Germaniya, Kanada va boshqalarda XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo'lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham pul mablag'lariga bo'lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim sohaga aylandi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida ham 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog'ozlari muomalaga chiqarilib, ular tijorat banklari o'rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog'ozlarining muomalaga chiqarilishi to'xtatilgan. Hozirgi kunda, mamlakatimizda davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha barcha imkoniyatlar mavjud bo'lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan bo’lib. Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarining doimiy muomalada bo'lishi nafaqat davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo'li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo'lib hisoblanadi.
Download 13.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling