Makroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan


Download 13.89 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1650221
1   2   3   4
Bog'liq
Poke Makro

c. Majburiy zaxira.

c. Majburiy zaxira.

Majburiy zaxira – pul-kredit siyosatining an'anaviy instrumenti hisoblanib. Bugungi kunda, dunyoning ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari AQSh, Shveysariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Braziliya va boshqalarda majburiy zaxira talablari qo'llanib kelinmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham majburiy zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta'sir etishning muhim va ta'sirchan vositasi sifatida amaliyotda qo'llanilmoqda. Mazkur amaliyot tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga pul mablag'lari o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Ya'ni, majburiy rezervlar tijorat banklari tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag'larga nisbatan o'rnatilgan me'yorlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi maxsus hisobvaraqqa o'tkazilishi lozim bo'lgan pul mablag'larini anglatadi. Xususan, ushbu instrument Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlar uchun qo'llaniladi:

  • tijorat banklarining likvid mablag'lari hajmini muvofiqlashtirgan holda, kreditlash faolligiga ta'sir ko'rsatish;
  • tijorat banki bankrot bo'lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan hisoblashish;
  • pul massasining o'sish sur'atlarini tartibga solgan holda, pul massasining multiplikativ ko'payishiga bevosita ta'sir ko'rsatish.

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi

Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi.Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi.Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi.

Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi. Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission kanallar orqali amalga oshiriladi. 


Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling