Makroiqtisodiyot kafedrasi 5 Mustaqil ish
Download 132.2 Kb.
|
Davlat pesiya ta\'minoti Mustaqi ish
XULOSA VA TAKLIFLAR. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . . . . . . . . 34 KIRISH Mustaqi ishi mavzusining dolzarbligi. Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi, mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy siyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi. Pensiya tizimi – bu ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamning bir ko’rinishidir. Pensiya – bu fuqarolarning pensiya yoshiga yetganda oladigan daromadlarining bir ko’rinishi bo’lib, mehnat bozoridan ketgan paytdagi to’lanadigan ijtimoiy kompensasiyadir. Istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi. Pensiya jamg’armasi shakllangan kundan boshlab hozirgacha 60 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi Qonunning o’ziga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi, aytish mumkinki, pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini beradi. Pensiya qonunchilgi Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda moliyalashtirish, to‘lovlar ustidan monitoringni yuritish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasidagi vazifalarni taribga solib turadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. O`zbekiston dunyo aholisi muayyam o`suvchi davlatlar qatoriga kiradi. Respublika aholisining tarkibida yoshlar katta qismini egallashiga qaramasdan, keksalar soni o’sishi bir maromda saqlanib qolmoqda. Mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi yanada yaxshilanib, o’sish tendensiyaga ega bo’lmoqda. Shu sharoitda o’z navbatida, ijtimoiy sug’urta masalalarini taqqoslaganda e’tiborni ko’proq berib, shundan pensiya tizimiga bog’liq masalalar alohida ijtimoiy iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra, davlatimizda pensiya tizimini ijtimoiy siyosatning yuqori ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’rilmoqda. O’zbekistonda aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirishga asoslangan demokratik ja’miyat qurish singari maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlat maqsadli jamg’armalarining, asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining hozirgi va kelajakdagi rivojlanishining hisobga olmaslikning iloji yo’q. O’zbekistonda pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, sababi u deyarli hamma fuqarolarning umrlik huquqlari bilan bog’liq ekan, fuqarolar mehnat qobiliyatini yo’qotganda shu tizim orqali ijtimoiy himoyalanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish ko’zda tutilgan. Ushbu yo’nalish, jumladan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish”1 chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrda “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4906-son Farmoni, 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5270-son Farmonlari va tegishli Qarorlarning qabul qilinishi aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga berilayotgan e’tiborning yuqoriligidan dalolat beradi. Bu farmon va qarorlarga asosan O’zbekistonda keksalar va pensionerlar uchun mo’ljallangan 12 ta Saxovat va muruvvat internat uylari moddiy-texnik bazalari 14,6 ming yolg’iz keksalar, pensionerlar, nogironlarning turar joy sharoitlar yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya mahsulatlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog’liklarini tiklashdi. Ko’rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 mlrd so’mni tashkil etdi.2 Yuqorida keltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinayotganligi, bu tizimda muammolarning mavjudligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Download 132.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling