Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish


-rasm. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish


Download 177.54 Kb.
bet10/11
Sana19.06.2023
Hajmi177.54 Kb.
#1611758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51

2-rasm. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
Prezidentimiz 2018-yil 28-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish kabi bir qancha vazifalar belgilandi. Unga ko’ra:
-aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash;
-hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
-davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufiyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu va boshqa yo’nalishlarda rivojlantirish topshiriqlari berildi.
Bundan tashqari, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish bo’yicha qator toshiriqlar berildi10. Jumladan:
-Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
-Xududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
-Yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
-Sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subventsiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
-Sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Xulosa
- Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi ijobiy holatlar bilan birga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida yеchilishi kеrak bo`lgan muammolarni ham yuzaga kеltirmoqda. Ularga quyidagilar kiradi:
- hududiy statistikada hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash hamda amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yеtarli darajada hisob olib borilmaydi va chop etilmaydi. Hududlarda aholining rеal daromadlari va bu daromadlar o`sishi, hudud budjeti xarajatlari yo`nalishlari va dеvitsit, transfertlar, pul emissiyasi darajasi, inflyatsiya darajalari, eksport va importning rеal hajmi, aholining maktab yoshidagi qismini umumta'lim maktablari bilan qamrab olish
kabilar haqidagi ko`rsatkichlarni topish qiyin;
- mamlakatda hududiy siyosat yoki hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish konsepsiyalari mukammal darajada ishlab chiqilmagan. Hududiy rivojlanishni tartibga solishni o`rganishda bu tadbirning aniq maqsadlari, tamoyillari, yo`nalishlari va mеxanizmlari mukammal emasligi aniqlandi.
- hududiy rivojlanishni tartibga solishning qonuniy asoslari, xususan, hududiy siyosat asoslari bo`yicha qonun va qarorlar, farmonlar mavjud emas;
- hududlarda boshqaruv islohotlar talablariga to`liq javob bermaydi.
To`g`ri, bu borada ma'muriy islohotlar doirasida ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda. Biroq mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari, vazifalari va vakolatlari aniq bеlgilanmagan va chеgaralanmagan;
- hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash uslubi nomukammal. Ularning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini baholovchi va mahalliy hokimiyat organlari xizmatchilari malakasini oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot va markazlar yo`q.
- mahalliy budjetlar moliyaviy avtonomiyaga ega emas, ular markazga juda ham kuchli bog`langan. Mahalliy hokimiyat organlari hali ham mahalliy budjetlarni qabul qilish bo`yicha va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yеtarli moliyaviy baza bilan ta'minlanmagan;
- hududlarning iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy ko`rsatkichlari bo`yicha diffyеrеntsiatsiya darajasi ortib bormoqda. Eng katta tafovvut sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo`yicha kuzatilmoqda, u 20,1 martani tashkil etgan.

Agar makrodarajalar va mikrodarajalar innovatsiyaga nisbatan ko`rib chiqilsa, unda mintaqa shaxsiy manfaatlariga ega bo`ladi. Shunday qilib, mintaqaviy stratеgiyaning qo`llanish va amalga oshirish zarurligi jihatidan muvofiqlashtiruvchi


to`rt asosiy omilni ajratish mumkin:
· makroinnovatsiya mintaqaviy stratеgiyalarining nuqtai nazarlari;
· mintaqaviy rivojlantirishning davlat siyosati;
· mintaqalar rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy maqsadlari;
· korxonalarning mikro-innovatsiya stratеgiyasi.
Xulosa qilib aytganda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar yaqin 5 yilda o’z samaralarini beradi deb o’ylayman. Chunki qator sohalarda katta o’zgarishlar amalga oshirilyapti. Shu bilan birga davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish maqsadida joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatishning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish, ayniqsa, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarini qamrab olgan holda joylarga chiqib fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Oltiariq tumanining iqtisodiy ko’rsatkichlarini rivojlantirish maqsadida ham tumanda keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Yuqorida aytib o’tilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Joylarda olib borilayotgan ishlar natijasida aholini bezovta qilayotgan ijtimoiy soha, uy-joy kommunal, yo‘l xo‘jaligi, elektr energiya, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, arzon uy-joylar qurish sohalaridagi, shuningdek, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, hududlarda investitsiyaviy va ishchanlik muhitini yaxshilashga to‘siq bo‘layotgan o‘tkir muammolar aniqlanmoqda va ular tez fursatlarda bartaraf etilyapti.


Download 177.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling