Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish


Farg’ona mintaqasi iqtisodiyoti tarkibi va ko’rsatkichlar tahlili


Download 177.54 Kb.
bet5/11
Sana19.06.2023
Hajmi177.54 Kb.
#1611758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51

2.Farg’ona mintaqasi iqtisodiyoti tarkibi va ko’rsatkichlar tahlili.
Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2. Aholisi 3,317 ming kishi.Tarkibida 16 tuman, 9 shahar (Beshariq, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Yaypan, Quva, Quvasoy, Qoʻqon, Hamza), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Fargʻona shahri.

1-jadval
Farg’ona viloyati iqtisodiyotining asosiy ko’rsatkichlari3 (mlrd.so’m)






2016-yil

2017-yil



2018-yil



2019-yil



2020-yil

2021-yil



















Yalpi hududiy mahsulot

11278,9



16 773,1

25 181,2



32 943,3



36 538,9

47 331,9





















Sanoat

6712,1

9 612,7

12 832,5

19 490,5



21 610,6

9 725,0


















Iste’mol tovarlari

2424,3

3 571,4

4 568,1



6 332,1



7 450,0

10 774,6


















Qishloq,o’rmon va baliq xo’jaliklari

3528,3



6 018,8

16 391,4



19 442,8



21 880,3

16 052,6


















Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2072,7



2 377,4

4 978,4



9 164,2



11 320,0

1 999,6


















Qurilish ishlari

1732,2

2 187,6

2 682,7



4 065,5



5 089,6

3 059,8


















Yuk aylanmasi (mln.tonna.km)

3810,0



2 536,8

2 925,2



2 936.9



3 084,1

3 124,5
















Yo’lovchi aylanmasi (mln.pass.km)

9456,7



13 839,1

14 233,4



14 424,5



12 978,7

12 147.5
















Chakana tovar aylanmasi

6037,6



9 250,9

11 212,4

13 515,0



15 771,8

19 869,2


















Xizmatlar,jami

5606,5

7 562,9

9 120,6

11 280,0

13 361,4

16 816,5


















Tashqi savdo aylanmasi (mln.AQSH dollari)

1267,0



1 306,6

1 374,4



1 417,5



1 462,3

1835


















Eksport

465,6

515,8

510,9

574,1

555,3

800,7


















Import

801,4

790,8

863,5

843,4

907,0

1 034,30


















Saldo (+ -)

-344.8

-275,0

-353,0

-269,3

-351,7

-233,6


















Farg’ona viloyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarining (1-jadval) so’nggi olti yilligini ko’radigan bo’lsak, har bir soha iqtisodiyotida yildan-yilga o’zgarishlar bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Birinchi navbatda viloyatning Yalpi hududiy mahsulotiga(YaHM) to’xtaladigan bo’lsak, joriy yil narxlarda 36 538,9 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2019-yilning tegishli davriga nisbatan 3% ga o’sdi. 2016-yilga nisbatan esa 25 % ga o’sgan. 2020-yil yakunlariga bo’yicha aholi jon boshiga YaHM 9651,1 ming so’mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,1 % ga o’sdi.
Endi Yalpi hududiy mahsulot o’zi nima degan savolga javob berib o’tamiz?
Yalpi hududiy mahsulot-milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichi bo’lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan resident-institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yalpi qo’shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig’indisi orqali ifodalanadi.
Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida kuzatilgan o’sish sur’atlari YaHM o’sishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligi tarmog‘ining o‘sish sur’ati 104,7 %, (YaHM tarkibidagi ulushi – 35,7 %), sanoat – 101,7 % (22,7 %), qurilish – 107,2 % (6,3 %), savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 101,0 % (8,0 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 101,8 % (6,0 %) va xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 101,4 % (21,3 %) ni tashkil etdi.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat
(YaQQ) hajmi umumiy YaHMning 103,0 %ni, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,7 %ni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 4,7 % punktga o‘sdi va hisobot yilida 35,7 %ni tashkil etdi. Sanoat (qurilishni qo‘shgan holda) tarmog‘ining ulushi 2,9 % punktga o‘sdi va 29,0 %ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasining YaHM tarkibidagi ulushi 2021-yilning yanvar-dekabrida 35,3 %ni tashkil etdi va 2019 yil (36,4 %) bilan taqqoslanganda 1,1 % punktga kamaydi. Savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning YaHM tarkibidagi ulushi 8,0 %ni (2019 y. – 8,1 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 6,0 %ni (6,4 %), xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 21,3 %ni (21,9 %) tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari iqtisodiyotida ham yildan-yilga o’sishni kuzatishimiz mumkin.
2016-yilda 2424,3 mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 7 450,0 mlrd.so’mni ya’ni 3 barabarga o’sishni ko’rishimiz mumkin. 2021-yilga kelib bu ko’rsatkich yanada ko’tarildi, ya’ni 10 774,6 mlrd.so’mni tashkil qildi. Iste’mol tovarlarining o’sishiga sabab, tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo’llab quvvatlash bo’yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar misol bo’lishi mumkin. 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,1 % ga o’sish kuzatilgan va jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 35 % ni tashkil etdi. Iste’mol tovarlari oziq-ovqat va nooziq-ovqat turlariga bo’linadi. 2020-yilda 41,6 % oziq-ovqat mahsulotlari, 58,4 % nooziq-ovqat mahsulotlari tashkil etdi.
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklariga keladigan bo’lsak, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 16 052,6 mlrd. so‘mni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 103,7 %ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 21 387,7 mlrd. so‘mni (104,8 %), o‘rmon xo‘jaligi – 362,4 mlrd. so‘mni (101,5 %), baliq xo‘jaligi – 129,7 mlrd. so‘mni (119,7 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 8,4 %ni tashkil etdi. 2021-yilning yanvar-dekabr yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 97,7 % dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 1,7 % o‘rmon xo‘jaligi, 0,6 % baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Oltiariq tumani (1 936,9 mlrd. so‘m) va Farg‘ona tumanida (1 731,8 mlrd. so‘m) qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Qo‘qon shahar (76,3 mlrd. so‘m), Marg‘ilon shahar (295,2 mlrd. so‘m) va So‘x tumanlarini (394,3 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin. Viloyat ko‘rsatkichidan (104,8 %) yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona (109,6 %), Qo‘shtepa (107,4 %) va Oltiariq (107,1 %) tumanlarida kuzatildi. Qo‘qon shahar (44,7 %), Farg‘ona shahar (99,4 %), Marg‘ilon shahar (101,4 %), Quva (101,5 %), So‘x (103,4 %), Rishton (103,5 %), Toshloq (103,6 %), Dang‘ara (103,9 %) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar iqtisodiyotda muhim ro’l o’ynaydi. 2020-yil yanvar–dekabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 11 320,0 mlrd. so‘mni (AQSH dollari ekvivalentidagi hajmi 1,13 mlrd. AQSH dollarini) yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,4 %ni tashkil qildi. Lekin 2021-yilga kelib bu ko’rsatkich ancha pastlagan ya’ni 1999,6 mlrd ni tashkil qilgan. Davlat byudjetidan ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy sohani va hayotiy ta’minot tizimini qo‘llab quvvatlashga, Farg‘ona viloyati infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan manzilli investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kiritilgan jami investitsiyalar 1 378,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128,5 %ga oshgan (umumiy hajmdagi ulushi 12,2 %), shundan byudjet mablag‘lari 711,2 mlrd. so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,2 %ni tashkil etib, (umumiy hajmdagi ulushi 6,3%), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 91,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,4 %ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar 575,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 martani tashkil etganini ta’kidlash lozim. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan kiritilgan jami investitsiyalar 9 941,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,9 %ni (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 87,8 %) tashkil etdi.
Shundan jami investitsiyalar hajmida eng ko‘p ulush to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar xisobiga to‘g‘ri kelib, 3 904,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,6 %ga pasaygan (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 34,5 %), korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 1 902,7 mlrd. so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,6 %ni (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 16,8 %) tashkil etdi, 1 385,8 mlrd. so‘m aholi mablag‘lari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2 %ni (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 12,2 %) tashkil etdi. Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 2 748,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,0 marta (jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 24,3 %) tashkil etdi.
Hisobot davrida Farg‘ona viloyat bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy invetsitsiya
va kreditlar 3 904,5 mlrd.so‘mni tashkil etib, jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi nodavlat sektoriga kiritilgan to‘g‘ridan–to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi 90,3 %ni tashkil qildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha salmoqli qismining o‘zlashtirilishi qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri kelib 3 117,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmidagi ulushi – 69,6 %ni, tog‘-kon sanoatida – 102,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 2,3 %ni, qishloq, o‘rmon va
baliq xo‘jaligi sohasida – 346,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 7,7 %ni tashkil etdi. Shu bilan birga, tashish va saklash sohasida 418,9 mlrd. so‘mni, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 9,4 %ni, hamda kurilish sohasiga esa 63,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘zlashtirilishi 2019 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan ortganligi kuzatildi.
Xizmatlar sohasi bir necha guruhlarga bo’linadi. Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, yashash va ovqatlanish xizmatlari, savdo xizmatlari, ko’chmas mulk bilan bog’liq xizmatlar, ta’lim soxasidagi xizmatlar, sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar, ijara xizmatlari va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Xizmatlar tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari (32,8 %), transport xizmatlari (20,2 %), moliyaviy xizmatlar (17,4 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,5 %) tashkil etgan. Xizmatlar umumiy hajmida past ulushlarni sog‘liqni saqlash xizmatlari (1,7 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (0,8 %) tashkil etgan. 2021-yil yanvar-dekabr oylarida bozor xizmatlari ishlab chiqarishning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha hajmi 16 816,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi. (2020 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 120,8 %ni tashkil etdi). Moliyaviy xizmatlar 122,5 %ga oshgan va jami xizmat tarkibida 17,4 %ni tashkil etdi. Savdo xizmati 101,7 %ga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi 32,8 %ni tashkil etdi. Transport xizmati 100,1 %ga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi 20,2 %ni tashkil etdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 111,3 %ga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi 5,5 %ni tashkil etdi. Shaxsiy xizmatlar 91,1 %ga oshgan va jami xizmat tarkibidagi ulushi 4,6 %ni tashkil etdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2021-yilning yanvar–dekabrida 1835 mln. AQSH dollarini, jumladan eksport 800,7 mln. AQSH dollarini, import 1034,30 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining saldosi – 233,6 mln. AQSH dollarni, shu jumladan MDH davlatlari bilan – 118,9 mln. AQSH dollarini va boshqa davlatlar bilan -232,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,1 %ga teng bolib, MDH davlatlarining o‘sish sur’ati 120,7 %ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa davlatlar 12,2 %ga kamaygani kuzatildi. Jumladan, jami eksport aylanmasi 96,7 %ni va shundan MDH davlatlari 105,7 %ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa davlatlarga 85,1 %ni tashkil etdi. Jami import aylanmasi 107,5 %ga teng bo‘lib, undan MDH davlatlari 134,8 %ni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa davlatlar 10,9 %ga pasaygan. Viloyat rezidentlarining tashqi savdo operatsiyalari asosan Osiyo (jami Tovar aylanmasining (68,4 %), Yevropa (29,9 %), Amerika (0,6 %) va Afrika (0,9 %) davlatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lib, jami savdo aylanmasining 100,0 %ni tashkil qildi. MDH davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari, tashqi savdo aylanmasida asosiy xamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 53,4 %ni tashkil qiladi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Polsha, Afganistan, Niderlandiya, Germaniya va boshqa davlatlari hisoblanadi ularning ulushi 46,6 %ni tashkil qiladi.
2-jadval

Download 177.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling