Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish


Oltiariq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy tahlili


Download 177.54 Kb.
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi177.54 Kb.
#1611758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51

3.Oltiariq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy tahlili.
Oltiariq tumani - Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Janubdan Fargʻona, shimoldan Namangan viloyati, gʻarb va shimoliy-gʻarbdan Rishton, Buvayda hamda Bagʻdod, shimoliy-sharqdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va janubdan Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km². Aholisi 166 ming kishi (2003).
3-jadval
Oltiariq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari5
(Hajmi mlrd.so’m)




2017-yil

2018-yil



2019-yil

2020-yil



2020-yil Oltiariq tumanining viloyatdagi ulushi

Sanoat

201,2

204,0

424,4

424,2

2,0

Iste’mol tovarlari

170,1

172,4

239,0

229,8

3,1

Qishloq,o’rmon va baliq xo’jaligi

1 512,2

1 581,2




1 831,1

1 936,9

8,8

Asosiy kapitalga investitsiyalar

300,9

314,8



470,4




501,9

4,4

Qurilish ishlari

75,3

73,4

144,7

193,8

3,8

Chakana tovarlar aylanmasi

350.7

387,4



520,5




544,4

3,5

Jami xizmatlar

244.3

251,1

287,4

458,2

3,4

Tashqi savdo aylanmasi (ming AQSH dollari)

33,2

34,1



98,8




93,6

6,4

Eksport (ming AQSH dollari)

8,3

6,1




73,3



68,1

12,3

Import (ming AQSH dollari)

24,9

28,0



25,5




25,6

2,8

Oltiariq tumanining so’nggi 4-yillik ijtimoiy-iqtisodiy tahlili (3-jadval)ni ko’radigan bo’lsak, bu yerda ayrim sohalarda o’sishni ko’radigan bo’lsak, ayrim sohalarda esa pasayish kuzatilgan. Bunda asosiy sabab 2020-yildagi pandemiya sabab bo’lgan. Chunki 2017-2019-yillarda iqtisodiyotda o’sish kuzatilgan. 2020-yilda esa ayrim sohalarda pandemiya sabab pasayish kuzatilgan. Masalan, iste’mol tovarlari va asosiy iqtisodiyotdagi pasayish bu tashqi savdo aylanmasida kuzatilgan ya’ni eksportda. Chunki pandemiya tufayli qator davlatlarga eksport qilish vaqtincha to’xtab qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida Oltiariq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 424,2 mlrd. so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 foizni tashkil etdi. Oltiariq tumanida 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 104,6 mlrd so‘mi yoki 24,7 foizi tarmoq korxonalari hissasiga, 319,6 mlrd so‘mi yoki 75,3 foizi xududiy korxonalarning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida tumanda 424,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarinining barchasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada 2020 yil yanvar–dekabr oylarida xizmatlar hajmi 458,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,2 foizni tashkil etdi. Jami xizmatlarning aholi jon boshiga nisbati 2 156,1 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
2020 yil yanvar–dekabr oylari davomida amalga oshirilgan qurilish ishlari yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish, kapital ta’mirlash, joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat ishlariga xisobiga to‘g‘ri keladi.
2020 yil yanvar–dekabr oylari davomida bajarilgan qurilish ishlari xajmining 99,6 foizi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan. 2021 yil 1 yanvar holatiga Oltiariq tumanida 112 ta qurilish soxasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud. Hisobot davrida viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari xajmida Oltiariq tumanining ulushi 3,8 foizni (o‘tgan yilning mos davrida 3,4 foiz bo‘lgan) tashkil etadi.
Oltiariq tumani har bir sohada viloyatda o’z o’rniga ega (1-rasm).






Download 177.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling