Makroiqtisodiyot tahlil va prognozlashtirish


Download 177.54 Kb.
bet4/11
Sana19.06.2023
Hajmi177.54 Kb.
#1611758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bahodirjonov Abdulaziz Kurs ishi MI-51

ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itmoqda; 
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta’sir etayotganligiga qat’iy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bermayapti;
to‘rtinchidan, respublika va mahalliy byudjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlaribirinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni ta’minlamayapti; 
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish o‘rniga aksariyat hollarda ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda va ularning yakuni bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroro qabul qilimgan va unda shunday deyilgan:
Davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish maqsadida joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatishning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish, ayniqsa, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarini qamrab olgan holda joylarga chiqib fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Joylarda olib borilayotgan bunday ishlar natijasida aholini bezovta qilayotgan ijtimoiy soha, uy-joy kommunal, yo‘l xo‘jaligi, elektr energiya, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, arzon uy-joylar qurish sohalaridagi, shuningdek, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, hududlarda investitsiyaviy va ishchanlik muhitini yaxshilashga to‘siq bo‘layotgan o‘tkir muammolar aniqlanmoqda.
Joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek, fuqarolarimizning talab va takliflariga binoan qisqa vaqt ichida shaharlarda – ko‘p qavatli, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uylar qurish, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni ta’minlash xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir dasturlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. 
Ushbu qabul qilingan hujjatlarning har biri mamlakatimizda aholining tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zlarining bunyodkorlik imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. 
Respublika organlarining tuman va shaharlardan uzilib qolganligi har bir ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha ularning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda manzilli amaliy choralarni ishlab chiqish imkonini bermayapti.
Respublika va mahalliy byudjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning joriy tartibi, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarning manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib ravishda moliyalashtirilishini ta’minlay olmayapti. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari asosan kam ahamiyatli vazifalarni, kundalik topshiriqlarni bajarish bilan band bo‘lib qolgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan komissiya va guruhlarning, senator hamda deputatlarning hududlarga xizmat safarlari yetarli darajada o‘zaro muvofiqlashtirilmagan tarzda amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi, boshqa yuqori turuvchi ijro hokimiyati organlari esa ijtimoiy-iqtisodiy sohaning real holati bilan bog‘liq bo‘lmagan makroiqtisodiy masalalar bilan band. 
Natijada faoliyatdagi takrorlanishlar joylardagi davlat hokimiyati organlarida samarasiz ortiqcha yuklamalarni yuzaga keltirmoqda, mahalliy darajadagi jiddiy kamchiliklar esa deyarli aniqlanmayapti va bartaraf etilmayapti. 
Davlat organlarining faoliyati natijalarini baholashda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir odamning hayoti sifatini qanchalik yaxshilayotgani, alohida olganda har bir aholi punktini qanchalik darajada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirayotgani e’tiborga olinmayapti. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda. Ularda, eng avvalo, aholini arzon uy-joy va ish bilan ta’minlash, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda mavjud bo‘lgan hal etilishi zarur hayotiy muhim masalalar ko‘tarilgan. 
Bugungi kunning bunday dolzarb vazifalarini muvaffaqiyatli va samarali bajarish ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining yaqindan hamkorligini, Vazirlar Mahkamasining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning amaldagi ish uslubini tubdan qayta ko‘rib chiqish va bu borada yangi, takomillashgan mexanizmlarni joriy etishni talab etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qabul qilinayotgan hujjatlar va dasturlarning, ayniqsa, quyi pog‘onada so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. 
Mazkur hujjat ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining aholi duch kelayotgan mavjud muammolarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida barham berish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini doimiy va manzilli o‘rganish borasida hamkorlikda olib boriladigan tizimli faoliyatini tashkil etishni nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo‘lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati monitoringi bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan:
-birinchidan, sektorlar faoliyatida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda sektor a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirishda sektor rahbarlarining zarur tashkiliy va moliyaviy vakolatlarga ega emasligi sektorlarning to‘liq faoliyat yuritishida hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda;
-ikkinchidan, respublika miqyosida sektorlar ishini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi yagona tizimning mavjud emasligi sektorlar faoliyati boshqaruvida tarqoqlikni yuzaga keltirmoqda hamda hududlarda sektorlar faoliyatiga oid qonun hujjatlari normalarining turlicha talqin qilinishiga olib kelmoqda;
-uchinchidan, sektorlarda o‘rganishlar natijalari umumlashtirilmayotganligi, statistik hisobotlarni yuritish amaliyoti o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilmaganligi amalga oshirilgan ishlarni aniq sarhisob qilishga va muammolarni tizimlashtirishga imkoniyat bermayapti;
-to‘rtinchidan, sektorlar rahbarlari faoliyatini baholash tartibining murakkabligi, tizimli ravishda ular malakasini oshirish mexanizmining joriy etilmaganligi, sektor a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilmaganligi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida:
-barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi;
-yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini ta’minlash;
ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash;
-aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini ta’minlash;
hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish;
-ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish;
hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish;
-mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligini oshirish.

Download 177.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling