Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fani talab va taklif elastikligi mavzusidan tayyorlagan


Download 94.89 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi94.89 Kb.
#1588983
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bug’doy bozorida taklif hajminin
ortishi

Taklif S1 dan S2 ga siljiganda, sotilgan bug’doy soni 1ó0 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.


ChizmaÝan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.


Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima bo’lganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bug’doy soniga ko’paytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yo’l bilan ta’sir qild. Yangi nav fermerga ko’p bug’doy yetishtirishni ta’minlaydi (Qsoni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi (P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bog’liq. Amaliyotda, bug’doy kabi asosiy oziq-ovqatlarga bo’lgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va o’rnini bosadiganlari juda kam. 7-rasmdagi kabi talab elastikbo’lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bug’doy bozorining kichik bo’lagi, u bug’doyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko’proq bug’doy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug’doy taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipoyezadek ko’rinse ham, o’tgan asr mobaynida Qo’shma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o’zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 yil oldin ko’plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi bilimlar oddiy bo’lgan. Ko’plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziqovqatni ishlab chiqaradigan fermer bo’lishga to’g’ri kelgan. Vaqt o’tgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi o’sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab bo’ldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy o’zgarishning ko’lamini ko’rsatadi. 1950-yilda Qo’shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo’lgan, bu ishchi kuchining 17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko’rsatadi, bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu o’zgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar ko’proq hosil bermoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo’jaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni ko’tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikbo’lmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko’proq daromad oladilar. Hech qaysi bir fermer o’z yerini tashlab qo’ymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo’lgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xo’jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo’la oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo’yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam to’laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo’jaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo’naltirilsa, bu iste’molchi harajatlariga aks ta’sir etadi.

Download 94.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling