Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fani talab va taklif elastikligi mavzusidan tayyorlagan
-rasm.Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishga_qaratilgan siyosat
Download 94.89 Kb.
|
9-rasm.Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishga_qaratilgan siyosat
Narkotikni ta’qiqlash taklif hajmini S1 dïn S2 ga kamaytiradi (a). Agar narkotikka bo’lgan talab noelasti¨ bo’lsa, narkotikdan foydalanish kamayishiga qaramasdan unga to’lanadigan to’lov hajmi ortadi. Aksincha, narkotikka qarshi o’qi0ish narkotikka bo’lgan talabni D1 dan D2 ga kamaytiradi (b). Biroq bunda narx va miqdor ham kamayib, undan foydalanuvchilar tomonidan to’lanadigan to’lovlarni kamaytiradi Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob berish uchun, giyohvand moddalardan foydalanuvchilar to’lagan pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo’lgan talab elastik emas. Agar talab elastik bo’lmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad ko’tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha ko’tarilgan bo’ladi. Bu esa giyohvandlar to’laydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar o’zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida o’g’irlik qilishga ham to’g’ri keladi, ularga avvalgidan ham ko’proq pul zarur bo’ladi. Demak, giyohvand moddalarni to’xtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi. Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutahassislar muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan ko’ra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga bo’lgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 4.9-rasmda ko’rsatilgan. Talab egri chizig’i chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to’xtatishga farqli o’laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi. Giyohvand moddalarni to’xtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatlidan ko’ra farqli deb biladi, chunki talab elastikligi vaqtga bog’liq. Talab qisqa muddatda elastik bo’lmas, chunki og’uga o’rganib qolganlarga narxning o’tarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt o’tgan sari talab elastikbo’lib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab ko’rishdan qaytaradi va vaqt o’tgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni to’xtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi. Download 94.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling