Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda
Download 229.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektromagnit nurlaridan himoyalanish
Infraqizil to‘lqinlar:
Elektromagnit spektrining ushbu qismidagi to‘lqinlar, uzunligiga ko‘ra 1 mm dan boshlab, 8000 atom diametri (taxminan 800 nm) gacha bo‘lgan uzunlikdagi elektromagnit nurlanishlarini o‘z ichiga oaldi. Ushbu diapazonga oid nurlarni inson bevosita o‘z tanasi - terisi orqali his qila oladi. Ya'ni, ushbu diapazonni biz issiqlik tarzida sezamiz. Agar siz qo‘lingizni olovga, yoki, qizib turgan biror buyumga yo‘naltirsangiz, uning haroratining taftini his qilasiz. o‘sha buyumdan, yoki olovdan taralayotgan mazkur taft, issiqlik aynan biz ta'kidlayotgan infraqizil nurlanishning o‘zginasidir. Ayrim jonivorlarda, masalan ilonlarning ba'zi turlarida, o‘ljasining tanasidan taralayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishlariga qarab, uning qayerda va qanday vaziyatda turganini aniqlash imkonini beruvchi tana a'zosi ham mavjud. Yer yuzasidagi deyarli barcha-barcha unsurlar infraqizil nurlanishlar diapazonida elektromagnit to‘lqinlar taratishi boisidan, infraqizil nurlanishlar detektorlari, zamonaviy qidiruv tizimlari hamda navigatsion asboblar ishlab chiqarish sohalaridan katta ahamiyat kasb etadi. Tungi kuzatish asboblarining aksariyati infraqizil nurlanishlarni qayd etuvchi datchiklar bilan jihozlangan bo‘lib, ular bizga «qorong‘uda ko‘rish» imkonini beradi. Bunday asboblar orqali nafaqat odamlarni yoki jonivorlarni, balki, texnika, hamda, boshqa inshootlarning joylashbuvini ham aniqlash imkoni mavjud. Kunduzgi issiqlikdan qizib olgan texnika va inshootlar, termodinamika qonunlariga ko‘ra, tunda atrof sovigach, o‘ziga singdirib olgan issiqlikni tashqi muhitgan tarata boshlaydi. Infraqizil detektorlar esa aynan shu narsani «ilg‘ab» oladi. Bunday asboblar va detektorlar harbiy maqsadlarda va qutqaruv ishlarini tashkillashda juda katta asqotadi. Xususan, ko‘chki, yoki, vayronalar ostida qolgan tirik odamlarni izlab topishda, ularining tanalari taratayotgan issiqlik - infraqizil nurlanishni shunday detektorlar vositasida qayd etiladi va ularning turgan joyi aniqlanadi. Download 229.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling