Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda


Download 229.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.11.2023
Hajmi229.31 Kb.
#1750988
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektromagnit nurlaridan himoyalanish

Radioto‘lqinlar:
Yuqorida ham qayd etilganidek, radioto‘lqinlar uzunligiga ko‘ra sezilarli va yaqqol 
katta farqlarga ega bo‘lishi mumkin. Ularning to‘lqin uzunligi bir necha 
santimetrdan boshlab, bir necha yuz, hatto ming kilometrlargacha ham cho‘zilishi 
mumkin va ularning uzunligi hattoki Yer radiusi bilan taqqoslanarli darajalarda ham 
bo‘ladi (ma'lumot uchun, Yerning radiusi ?6400 km). Radioto‘lqinlar diapazoninig 
barcha to‘lqinlari texnikada juda keng qo‘llaniladi. Xususan, detsimetrli va 
ultraqisqa uzunlikdagi to‘lqinlar televizion dasturlarni hamda, radioeshittirishlarni 
uzatishda qo‘llanadi. Chastotaviy modulyatsiyalanuvchi ultraqisqa to‘lqinlar 
diapazoni (UKV/FM) to‘lqinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqalishi hududida nihoyatda 
katta aniqlik va sifat ko‘rsatkichi bilan, signalning tiniq yetkazib berilishini ta'minlay 
oladi. Kilometrlik to‘lqin uzunligiga ega radiouzatmalar esa, olis va uzoq 
masofalarga signal uzatish-qabul qilish maqsadlarida qo‘llanadi va ularni amplituda 
bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Bunda signalning sifati sezilarli darajada yo‘qotilsa 
hamki, lekin, kilometrlik to‘lqinlarning Yer atmosferasi ionosferasidan akslanishi 
evaziga, Yer sharining istalgan nuqtasiga yetkazish imkoni mavjuddir. Kezi 
kelganda aytish joizki, bugungi kunda, aloqaning ushbu turi asta-sekinlik bilan 
o‘tmishga aylanib bormoqda. Buning bosh omili esa, aloqaning boshqa bir turi - 
sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning rivojlanayotganligidir. 
Mikroto‘lqinlar: 
Mikroto‘lqinlar hamda, o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar 300 mm dan 1 mm 
gacha bo‘lgan uzunlikka ega bo‘ladi. Huddi detsimetrli va metrli uzunlikdagi 
to‘lqinlar singari, santimetrli uzunlikdagi to‘lqinlar ham atmosferada deyarli 
qarshiliksiz tarqaladi (ya'ni, ularni atmosfera deyarli yutmaydi). Ayni omilga ko‘ra 
ular ham sun'iy yo‘dosh aloqasini ta'minlashda, hamda boshqa muhim 
telekommunikatsion tizimlarda keng qo‘llanadi. Biz uylarimiz tomlarida ko‘rib 
ko‘nikib qolgan odatiy sun'iy yo‘ldosh likopchasi (parabola antennasi tarelkasi)ning 
o‘lchamlari, aynan shunday turdagi elektromagnit to‘lqinlardan bir nechtasining 
uzunligiga 
tengdir. 


Ushbu ko‘rinishdagi elektromagnit to‘lqinlarning nisbatan qisqaroqlari sanoatda, 
hamda, maishiy turmushda o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Uzoqqa bormay, har 
birimizning oshxonalarimizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli pechlarni eslash 
kifoya. Mikroto‘lqinli pechning ishlash mohiyati, klistron deb ataluvchi qurilmadagi 
elektronlarning o‘ta tezkorlik bilan aylanishi tamoyiliga bog‘liqdir. Ushbu aylanish 
natijasida elektronlar muayyan chastotadagi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit 
nurlanishlarni tarata boshlaydi va ushbu nurlanishlarni suv molekulalari osonlik 
bilan o‘ziga singdiradi (yutadi). Mikroto‘lqinli pechga taom qo‘yilganida, taom 
tarkibidagi suv molekulalari o‘ziga kelib tushayotgan mikroto‘lqinlarning 
energiyasini yutib oladi hamda natijada tezkorlik bilan harakatlana boshlaydi. 
Molekulalarning ushbu jadal harakati natijasida tarkibida ushbu molekulalar bo‘lgan 
taomning 
qizishi 
(isishi 
yuzaga 
keladi). 
Boshqacha 
aytganda, 
taomni tashqaridan turib qizdirish-isitishni amalga oshiruvchi oddiy pech yoki, 
duxovkalardan farqli o‘laroq, mikroto‘lqinli pech mahsulotni ichidan isitadi. 

Download 229.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling