Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda
Download 229.31 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektromagnit nurlaridan himoyalanish
Gamma-nurlar.
Elektromagnit spektrdagi to‘lqin uzunligi bo‘yicha eng qisqa, hamda chastotasi va energiyasi bo‘yicha eng yuksak turuvchi nurlanishlar bu - gamma nurlardir (?- nurlar). Gamma-nurlar o‘ta yuqori energiyali fotonlardan tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda onkologik xastaliklarni davolash maqsadlarida keng qo‘llanilmoqda. Lekin, gamma-nurlar tirik organizmlar uchun shu darajada halokatli ta'sir qiladiki, ular vositasida havli to‘qimalarni o‘ldirishda amaliyotchi-vrachlarda juda katta ma'suliyat va zargarona aniqlikdan ham yuksak aniqlik talab qilinadi. Zero, gamma- nurlari sog‘lom to‘qimalarga tushsa, ularni ham muqarrar halok qiladi. Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida ta'riflab o‘tilgan elektromagnit nurlanish turlarining barchasi tashqi ko‘rinishidan har xil bo‘lsa hamki, mohiyatan ularning bari o‘zaro egizaklardir. Spektrning istalgan qismidagi istalgan elektromagnit nurlanishlar, elektr maydoni va magnit maydonlarining vakuumda yoki, biror muhitda o‘zaro ko‘ndalang tebranishlarini o‘zida namoyon qiladi. Ularning barchasi vakuumda yorug‘lik tezligi c bilan tarqaladi hamda, bir-biridan faqatgina to‘lqin uzunligiga ko‘ra farqlanadi xolos. Ayni farq natijasidan esa, ular tashiydigan energiya qiymatlarining farqi yuzaga keladi. Shuni ham aytsih kerakki, maqolada keltirilgan elektromagnit nurlanishlarning to‘lqin uzunliklariga binoan chegaralari nisbiy ravishda olingandir. Boshqa manbalarda sizga yana boshqacharoq tavsif bilan yondoshilgan nisbiy chegaralarga duch kelishingiz ehtimoldan holi emas. Xususan, ba'zan haqli ravishda, mikroto‘lqinlarning katta to‘lqin uzunligiga ega turlarini ham, o‘ta yuqori radioto‘lqinlar diapazoniga kiritishadi va bunday yondoshuv ham mutlaqo to‘g‘ridir. Shuningdek, qattiq ultrabinafsha nurlar diapazoni hamda, yumshoq rentgen nurlar diapazonlari orasida ham hamda, qattiq rentgen nurlari va yumshoq gamma-nurlari orasida ham aniq chegaraning o‘zi yoq. Elektromagnit ifloslanish butun atrof-muhitga zarar etkazadigan insoniyat tsivilizatsiyasi rivojlanishining natijasidir. Ushbu turdagi ifloslanish o'zgaruvchan tokda ishlaydigan Nikola Tesla moslamalari ixtiro qilinganidan keyin paydo bo'ldi. Natijada, atrof-muhit elektron qurilmalar, televizion va radiostantsiyalar, elektr uzatish liniyalari, texnologik uskunalar, rentgen va lazer moslamalari hamda boshqa ifloslanish manbalariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Download 229.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling