Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda


Download 229.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana06.11.2023
Hajmi229.31 Kb.
#1750988
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektromagnit nurlaridan himoyalanish

Ultrabinafsha nurlari 
Ultrabinafsha nurlar diapazoniga, bir necha ming atom diametriga teng to‘lqin 
uzunligidagi elektromagnit nurlanishlardan boshlab, atiga bir nechta atom 
diametriga teng uzunlikdagi nurlanishlar kiritiladi (400-10 nm). Spektrning ushbu 
qismidagi nurlanishlar tirik organizmlarning faoliyati uchun jiddiy ta'sirlar 
ko‘rsatadi. Quyosh spektridagi yumshoq ultrabinafsha nurlari (to‘lqin uzunligiga 
ko‘ra ko‘rinadigan nurlar spektriga yaqin bo‘lgan ultrabinafsha nurlari) muayyan 
dozalarda terining kuyishini (qorayishni) keltirib chiqaradi. Quyosh nurlari 
tarkibidan qabul qilingan ultrabinafsha nurlari dozasi ortib ketsa esa, inson terisida 
o‘tkir kuyishlar - chandiqlar va boshqa nojo‘ya oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. 
Qattiq (qisqa to‘lqinli) ultrabinafsha nurlar esa, tirik to‘qimalar uchun halokatli ta'sir 
qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi ultrabinafsha to‘lqinlarda jarrohlik asboblarini 
sterilizatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar tibbiy 
anjomlar va buyumlar sirtidagi barcha mikroorganizmlarga qiron keltirib, 
bemorlarni infeksion xastaliklardan saqlab qoladi. 
Yer yuzida yashovchi barcha tirik organizmlar, Quyoshda keluvchi va halokatli ta'sir 
qudratiga ega bo‘lgan qattiq ultrabinafsha nurlanishlarning ta'siridan mustahkam 


tabiiy qalqon bilan himoyalangan bo‘lib, ushbu himoya qalqoni vazifasini, Yer 
atmosferasining ozon 
qatlami bajaradi. 
Agar 
mazkur 
tabiiy 
qalqonimiz 
bo‘lmaganida, balki yerdagi hayot faqat okeanlar tubidagina mavjud bo‘larmidi... 
Rentgen nurlari. 
Bir necha atom diametrlaridan boshlab, bir necha yuz atom yadrosi diametrlariga 
teng to‘lqin uzunliklaridagi elektromagnit nurlanishlarni Rentgen nurlanishlari deb 
ataymiz. Rentgen nurlari organizmning yumshoq to‘qimalari orqali to‘siqsiz o‘tib 
bora oladi va tananing qattiq qismlari - suyaklardagina akslanadi. Shu sababli ham 
rentgen nurlarning tibbiy tashxis uchun ahamiyati beqiyosdir. Huddi radioto‘lqinlar 
singari, rentgen nurlarining ham kashf etilish, hamda, ularning insonga amaliy 
ko‘mak berishga o‘tishi orasidagi vaqt tafovuti juda qisqa muddatni tashkil qiladi. 
Rentgen nurlarini 1895-yilda olmon olimi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1923) 
kashf qilgan bo‘lib, oradan bir necha oy o‘tib, ushbu fizik kashfiyotdan Parij 
kasalxonalaridan birda bemorning singan suyagini ko‘rish uchun foydalanilgan. Tez 
orada ushbu amaliyot butun dunyo tibbiyot muassasalarida ommalashib ketdi. 
Shunisi qiziqki, o‘sha davr farang gazetalari, rentgen nurlarining kiyim-
kechaklardan ham o‘ta olishi haqida shov-shuv qilib yozarkanlar, ushbu nurlarning 
tibbiy tashxis vositasi sifatidagi ahamiyati haqida lom-mim deyishmagan ekan... 

Download 229.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling