Maksvell qonunlarining kashf qilinishidan keyin, ushbu qonunlar o‘sha zamonda


Download 229.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana06.11.2023
Hajmi229.31 Kb.
#1750988
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektromagnit nurlaridan himoyalanish

Gamma-nurlar. 
Elektromagnit spektrdagi to‘lqin uzunligi bo‘yicha eng qisqa, hamda chastotasi va 
energiyasi bo‘yicha eng yuksak turuvchi nurlanishlar bu - gamma nurlardir (?-
nurlar). Gamma-nurlar o‘ta yuqori energiyali fotonlardan tashkil topgan bo‘lib, 
hozirgi kunda onkologik xastaliklarni davolash maqsadlarida keng qo‘llanilmoqda. 
Lekin, gamma-nurlar tirik organizmlar uchun shu darajada halokatli ta'sir qiladiki, 
ular vositasida havli to‘qimalarni o‘ldirishda amaliyotchi-vrachlarda juda katta 
ma'suliyat va zargarona aniqlikdan ham yuksak aniqlik talab qilinadi. Zero, gamma-
nurlari sog‘lom to‘qimalarga tushsa, ularni ham muqarrar halok qiladi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida ta'riflab o‘tilgan elektromagnit 
nurlanish turlarining barchasi tashqi ko‘rinishidan har xil bo‘lsa hamki, mohiyatan 
ularning bari o‘zaro egizaklardir. Spektrning istalgan qismidagi istalgan 
elektromagnit nurlanishlar, elektr maydoni va magnit maydonlarining vakuumda 
yoki, biror muhitda o‘zaro ko‘ndalang tebranishlarini o‘zida namoyon qiladi. 
Ularning barchasi vakuumda yorug‘lik tezligi c bilan tarqaladi hamda, bir-biridan 
faqatgina to‘lqin uzunligiga ko‘ra farqlanadi xolos. Ayni farq natijasidan esa, ular 
tashiydigan energiya qiymatlarining farqi yuzaga keladi. Shuni ham aytsih kerakki, 
maqolada keltirilgan 
elektromagnit nurlanishlarning to‘lqin uzunliklariga binoan 
chegaralari nisbiy ravishda olingandir. Boshqa manbalarda sizga yana boshqacharoq 
tavsif bilan yondoshilgan nisbiy chegaralarga duch kelishingiz ehtimoldan holi 
emas. Xususan, ba'zan haqli ravishda, mikroto‘lqinlarning katta to‘lqin uzunligiga 
ega turlarini ham, o‘ta yuqori radioto‘lqinlar diapazoniga kiritishadi va bunday 
yondoshuv ham mutlaqo to‘g‘ridir. Shuningdek, qattiq ultrabinafsha nurlar 


diapazoni hamda, yumshoq rentgen nurlar diapazonlari orasida ham hamda, qattiq 
rentgen nurlari va yumshoq gamma-nurlari orasida ham aniq chegaraning o‘zi yoq. 
Elektromagnit ifloslanish butun atrof-muhitga zarar etkazadigan insoniyat 
tsivilizatsiyasi rivojlanishining natijasidir. Ushbu turdagi ifloslanish o'zgaruvchan 
tokda ishlaydigan Nikola Tesla moslamalari ixtiro qilinganidan keyin paydo bo'ldi. 
Natijada, atrof-muhit elektron qurilmalar, televizion va radiostantsiyalar, elektr 
uzatish liniyalari, texnologik uskunalar, rentgen va lazer moslamalari hamda 
boshqa ifloslanish manbalariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. 

Download 229.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling