Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar
Download 48.87 Kb.
|
14-Мактаб биноси ва обод.г.т
MAKTAB BINOSI, JIHOZLARI VA OBODONLIGIGA BO‘LGAN GIGIYENIK TALABLAR Maktab binosi transport satnovi katta bo‘lgan yo‘l yaqiniga, shovqin, tutun va chang chiqariladigan zavod, fabrika va boshqa korxona damda kinoteatr, kolxoz bozoridan, uzoqroqda qo‘rilishi kerak. Shahar joylarida maktab bilan o‘quvchilarning uyi o‘rtasidagi masofa 1—1,5 km dan oshmasligi kerak. Qishloq joylarida esa bu masofa 3—5 km dan oshiq bo‘lsa fermer va dehqon xo‘jalik lari, yoki shu atrofdaga transport vositalari ma’muriyati o‘quvchilarni uyidan maktabga va maktabdan uyiga olib borish uchun maxsus transport ajratishi kerak. Umumiy o‘rta talim maktab yer maydonining sathi kamida 1,7—3,0 gektar bo‘lishi kerak. Atrofdagi yer sathiga nisbatan maktab joylashgan joy bir oz balandroq bo‘lsa yomg‘ir suvlarining oqib ketishiqa qo‘laylik tug‘iladi. Bu joyning tuprog‘i kuruk bo‘lmog‘i lozim. Maktab territoriyasi 4 zonaga bo‘linadi: Maktab binosi, o‘quv-tajriba, dam olish zonasi va xo‘jalik zonasi. Maktab binosi bilan ko‘cha o‘rtasida 15—20 metr kenglikda manzarali daraxtlar maydoni tashkil qilinib, unga kashtan, archa va boshqa daraxtlar ekiladi. Bu uchastka himoya zonasini tashkil qilib, u maktab binosini ko‘cha shovqini, shamol va changdan to‘sib turadi. Axlat to‘planadigan yashik, hojatxona va xo‘jalik zonasi maktab binosidan kamida 25 metr masofa o‘zoqlikda joylashtirilishi lozim. Hozirgi vaqtda asosan ko‘p qavatli maktab binolari qurilmoqda. Binoning pastki qavatida boshlang‘ich sinflar joylashtirilmog‘i lozim. Sinfning pol sathi 50 m2 bo‘lishi kerak. I—VII sinflarda har bir xonada 40 nafargacha o‘quvchi o‘qiydi va har bir o‘quvchi uchun 1,25 m2 pol sathi to‘g‘ri kelishi kerak. VIII - X sinflarda esa xonada 36 o‘quvchi joylashtirilib, uning har biriga 1,40 m2 pol sathi to‘g‘ri kelmog‘i lozim. Sinf xonasining uzunligi 9 metrdan oshmasligi kerak, aks holda oxirgi partada o‘tirgan o‘quvchilar doskadagi xatni ko‘rishga qiynaladilar. Sinf xonasining kengligi 5,7—6,2 m gacha bo‘lishi kerak. Bundan keng bo‘lsa derazaga qarshi tomondagi partalarga yorug‘lik kam tushadi. Xona shiftining balandligi 3,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak, chunki sinf shifti qancha baland bo‘lsa derazalarni ham baland qo‘rilishiga imkon yaratiladi, natijada sinf xonasi yorug‘ bo‘ladi. Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling