Qishloq xo‘jalik sharoitida ishlab chiqarish tajribasini o‘tash davrida o‘quvchilarning taxminiy kun tartibi
|
Kun tartibi elemeitlari
|
Soat
|
1
|
Uyqudan uyg‘onish
|
545
|
2
|
ertalabki gimnastika, yuvinish, nonushta
|
545— 630
|
3
|
Ishlab chiqarish mehnati
|
630— 1130
|
4
|
Quyosh nuridan foydalanish, yuvinish, cho‘milish
|
1130-1230
|
5
|
Tushki ovqat
|
1230-1330
|
6
|
Kunduzgi dam olish
|
1330-1500
|
7
|
Bo‘sh vaqt (tanlagan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish)
|
1500-1630
|
8
|
Ishlab chiqarish mehnati
|
1630-1900
|
9
|
Yuvinish, kiyinish
|
1900-1930
|
1010
|
Kechki ovqat
|
1930-2030
|
1111
|
Tarbiyaviy mashg‘ulotlar
|
2030-2100
|
|
O‘zi tanlagan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish
|
2100-2130
|
12
|
Uyqu
|
2130-545
|
O‘z-o‘ziga xizmat qilish gigiyenasi. Sinf xonasi, kutubxona, maktab binosi va yer uchastkasini saqlash, gul, va daraxt kuchatlarini parvarish qilish, o‘quv qurollari, buyumlarini ta’mirlash kabi tadbirlarni bajarish, o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga xizmat qilish doirasidagi ishlar sirasiga kiradi. Internat maktablarida esa, yuqori sinf o‘quvchilari yotoqxonani tozalash, kiyim-kechaklarni yuvish, yamash, oshpaz yordamida ovqat tayyorlash va tarqatish kabi yumushlarni ham bajaradilar. Bolalar va o‘smirlarning sog‘lig‘i, o‘sish va rivojlanishi normal bo‘lishi uchun o‘z-o‘ziga xizmat qilish ishlari ularning sog‘lig‘i va yoshini hisobga olgan holda tashkil qilinmog‘i lozim.
Kasalmand, jismoniy rivojlanishi kuchsiz o‘quvchilar o‘z-o‘ziga xizmat ishidan ozod qilinadilar. Sinf polini yuvish ishiga o‘quvchilar asosan 6- sinfdan keyin jalb qilinadilar. Bu ishlarni bajarishda o‘quvchilar maxsus xalat, fartuk kiyishlari kerak.
O‘quvchilarda me’da va ichaklar kasalliklarini oldini olish maqsadida ularga xo‘jalik binolarini, axlat to‘kiladigan buyum va joylarni tozalatish man qilinadi.
Hayot uchun xavfli bo‘lgan ishlar, masalan, bino tomidagi qorni kurash, deraza oynalarini artish, elektr lampalarini, gaz pechkalarini tozalash, og‘ir buyumlarni ko‘tarish kabi ishlarga o‘quvchilarni jalb qilish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |