Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar
Download 48.87 Kb.
|
14-Мактаб биноси ва обод.г.т
Maktab ma’muriyati tomonidan, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida, albatta sinf xonalari va ulardagi o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda, kerakli o‘lchamdagi partalarga ehtiyoj borligini ta’kidlab, mebellar bilan savdo qiluvchi, savdo tashkilotlariga buyurtmalar beriladi. Buyurtma olinganidan keyin o‘quvchilarning bo‘yiga mos holda parta yoki stollar sinflar orasida taqsimlab beriladi. O‘quv yilining boshlanishi oldidan, har bir o‘quvchi o‘zining bo‘yiga mos bo‘lgan partani topib o‘tirishi uchun, maktab koridoriga raqamlar bilan belgilangan, shkalali lineyka (rasmlar) devorga yopishtirib yoki qoqib qo‘yiladi. Bu lineykaning poldan 115—130 sm balandlik raqami sariq bo‘yoq bilan ranglanadi, 130—145 sm balandligi — qizil, 145—160 sm: balandligi — binafsha, 160—175 sm balandligi — ko‘k, 175—190 sm balandligi — oq rang bilan bo‘yaladi. Sinflarda joylashtirilgan partalarning yon tomoniga ham o‘lchamiga ko‘ra xuddi yuqoridagi ranglar bilan belgi qilib qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘zini bo‘yini lineyka (rostomer) bilan o‘lchab aniqlik kiritib olganidan keyin, bo‘yi qaysi rangga to‘g‘ri kelsa, xuddi shu rang bilan belgilangan, partani topib o‘tiraveradi. Parta yoki stollarni sinfga joylashtirishda kichik o‘lchamga ega partalaryoki stollar oldingi qatorga, o‘rtachalari 2- va 3- qatorga qo‘yiladi va hakazo. Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling