«Maktab hujjatlarini tadqiq qilish metodikasi» fanidan namunaviy sillabus tahlili


Download 24.93 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1150352
1   2   3   4   5
Bog'liq
TAHLIL sillabus

Fanning qisqacha bayoni: boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalarining pedagogik mahorati va qobiliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan.
Fanning maqsad va vazifalari: Kelajakdagi boshlang'ich sinf o'qituvchisini maktab hujjatlarini tuzish va joriy etishga tayyorlashdir.
Fanning vazifalari:
-talabalarning rivojlanishini rag'batlantirish;
- maktab hujjatlari haqidagi nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
- muayyan pedagogik vaziyatni tahlil qilish, uning rivojlanishini taxmin qilish, dars yozuvlarini ishlab chiqish ko'nikmalarini takomillashtirish;
- talabalar tomonidan yangi axborot texnologiyalarini o'zlashtirish;
- pedagogik ishni rejalashtirish va uning samaradorligini baholash ko'nikmalarini shakllantirish;
Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaga qo‘yiladigan talablar.
Talabalar;
- hujjat yuritish;
- maktab hujjatlarini kiritishga qo'yiladigan asosiy talablar;
- maktab hujjatlarini joriy etish usullari;
- sinf rahbari ishini tashkil etish va bishqarish;
-bayonnomalar yozish;
-pedagogik takt va uning mohiyati haqida bilimga;

  • oʻz pedagogik faoliyatini rejalashtirish;

  • boshlang‘ich ta’lim tizimida oʻqitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini qoʻllash;

  • boshlang‘ich sinf oʻquvchisini rag‘batlantirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini roʻyobga chiqarish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish, ayni zamonda jazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish uchun koʻnikma;

  • oʻquvchilar bilimini baholash;

  • ota-onalar, jamoa, oʻquvchilar bilan yakka va guruh boʻlib ishlash;

  • oʻquvchilar guruhlarini boshqarish;

  • tanlangan metod va texnologiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni baholay olish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida talab qilingan irodani namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyat, kayfiyatni oʻzgartira olish, javobgarlikni his qilish malakasiga ega boʻlishi kerak.

Pedagog Xamidova Mohinaxon Alisherovnaning «Maktab hujjatlarini tadqiq qilish metodikasi» fanidan namunaviy sillabusi talablari to`g`ri qo`yilgan. Fanning qisqacha bayoni aniq ko`rsatilgan. Fanning maqsad va vazifalari batafsil yoritib berilgan. Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaga qo‘yiladigan talablarning har biriga alohida izchillik bilan yondashilgan.
Sillabusdagi mavzular ma’ruza va seminar mavzulariga ajratilgan. Har bir mavzu uchun alohida rejalar ham bor. Bir-birini takrorlamas rejalar talabalarni ilmiy yondashishga undaydi. Har bir ma’ruza va seminar mashg`ulotlar mavzularidan so’ng adabayotlar ro’yxati keltirilgan. Sillabusni yozishda asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda interaktiv manbalardan unumli foydalanilgan. Talabalar bilimini baholash tizimi, ballar taqsimoti va talabalar bilimini baholash mezonlari berilgan.
Sillabusdagi so`ngidagi akademik xulq-atvor va etikadagi quyidagi so’zlar mening alohida e’tiborimni tortdi:
Ko‘chirmachilik va boshqa shakldagi noxaqqoniy ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dars jarayonida mobil aloqa vositasidan va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish man etiladi. Dars jarayonida turli ichimliklar ichish, ovqat istemol qilish, saqich chaynash qat’iyan man qilinadi.
Bag’rikeng bo‘ling, o‘zgalar fikrini hurmat qiling, atrofdagilarga nisbatan odobli va xushmuomala munosabatda bo‘ling.
Pedagog Xamidova Mohinaxon Alisherovnaning sillabusini a’lo deb baholayman.

Tahlil qiluvchi: G.B.Akramova



Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling