Maktab kompyuterlarining tarkibiy qismlari va qo`shimcha qurilmalari haqida
Download 127.8 Kb.
|
3.KOMPYUTERNING QO’SHIMCHA QURILMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lokal
- IBM PC
- Lokal tarmoq Global tarmoq 4- расм Internet bilan tanishish
Pause (Break)– dastur ishini vaqtincha to`xtatish tugmachasi.
Klaviatura tugmachalari tushuntirilganidan so`ng kompyuter xotirasidagi mavjud klaviatura trenajyor dasturida amaliy ishlash. Lokal (ichki) va global (tashqi) tarmoqlar Kompyuterlar o`zaro bir-biri bilan ikki xil lokal va global bog`lanish usulida axborot almashish imkoniyatiga ega. Lokal bog`lanishda kompyuterlar server kompyuterdan boshqarilib, o`zaro bir-biri bilan kabellar orqali ulanadi va lokal tarmoqni tashkil etadi (4-rasm). Global bog`lanishda kompyuterlar o`zaro bir-biri bilan masofadan turib telefon tarmoqlari orqali, modem (faks-modem) qurulmasi yordamida axborot almashib global tarmoqni tashkil etadi (4-rasm). Bugun jahon kompyuter tarmog`ining amaldagi eng ilg`or vositasi, axborot texnologiyalarining harakatlanuvchi kuchi va samarodorligi mezoni bo`lgan (Internet) internet tarmog`i butun dunyo bo`yicha axborot ayirboshlash uchun chegaralanmagan imkoniyatlarga ega bo`lgan global tarmog`dir. Kompyuter orqali masofadan turib axborot uzatish va qabul uchun IBM PC tipidagi kompyuter, telefon tarmog`i va modem qurulmasi bo`lishi kerak. Modem – kompyuterlararo ikki tomonlama aloqa jarayonining asosiy elementi bo`lib, axborot uzatuvchi tomonda raqamli qiymatlarni MOdulyasiyalab analog signallarga aylantiruvchi, qabul qiluvchi tomonda esa analog signallarni DEModulyasiyalab raqamli qiymatlarga aylantiruvchi qurilmadir. Lokal tarmoq Global tarmoq 4-расм Internet bilan tanishish. Internet o`zi nima? Internet - bu jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir. Internet ko`pgina imkoniyatlarga ega. Internet imkoniyatlari bilan to`laroq tanishish maqsadida uning tarixiga sayohat qilamiz. 1960-yillari Karib mojarosidan so`ng, AQSH ning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPORTION mamlakatni qamrab oladigan markazlashmagan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qildi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va o`quv markazlari kompyuterlarini bir tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli hujumida ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bo`lar edi. Shunday qilib, INTERNET ga asos solindi. 1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSH ning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylandi. Ammo shunday tarmoq yaratishning o`zi katta muvaffiqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha o`sdi. Endi tarmoqning tuzilishi unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda tarmoqlarni birashtiruvchi TSRҒIP protokli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ladi. 1983-yilda ARPANET INTERNET deb atala boshlandi va u juda kuchli, bir-biri bilan bog`langan kompyuterlar va tarmoqlar to`plamidan iborat sistemaga aylanadi. 1980-yillar INTERNET ning keskin o`sish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo`shilishi hisobiga bo`ldi. Download 127.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling