Maktab kompyuterlarining tarkibiy qismlari va qo`shimcha qurilmalari haqida
EUNet – Yevropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil) EARN
Download 127.8 Kb.
|
3.KOMPYUTERNING QO’SHIMCHA QURILMALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Worid Wide Webning (Butun Dunyo Tarmog`i)
- Internet bu kompyuter tarmoqlari majmui
- Tayanch iboralar
EUNet – Yevropadagi UNIX mashinalari tarmog`i (1982 yil)
EARN – Yevropa O`quv va ilmiy – tekshirish muassasalarining tarmog`i (1983 yil) JUNET – Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog`i (1984 yil) JANET – Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil) 1980 yillar davomida AQSH ning eng tanilgan korxonalari NSFNET Prinston, Pitterburg, Kaliforniyaning Santa-Barbara universiteti va Kornell universitetida beshta superkompyuter markazlarini tashkil etishdi. Bu besh markazni AQShda «Internet Baskbone» ( Internet asosi) deb atashadi. NSFNET 56 kbitҒs tezlikda axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. Ikki yil ichida Internetning kengayishi va unga bo`lgan talabning o`sishi 1988 yil NSFNET tarmog`ining yangilanishiga va uzatish tezligini 1,544 mbitҒs oshishiga sababchi bo`ldi. 1987 – yili Internetga ulangan kompyuterlar soni 10000 ta bo`lsa, 1989 – yili 100000 taga yetdi. Internetning 1990 – yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab Worid Wide Webning (Butun Dunyo Tarmog`i) tuzilishi bo`ldi. 1990- yil noyabrida Yevropa atomni tekshirish markazi (CERN) xodimi Tim Beris – Li WWW tarmog`ining birinchi nusxasini yaratdi, lekin u 1992 – yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-fevralida NCSA ( Nationil Center for Supercomputer Applications - Superkompyuterli Hisoblash Milliy Markazi) Mosaic programmasining alfa – versiyasini tuzdi. 1993 – yil sentabrida birinchii shlovchi Mosasic versiyasi ishlab chiqarildi va axborot oqimi WWW bo`yicha 1%ni tashkil qildi. 1993 – yil oktyabrida 200 ta WWW – server ishga tushirildi. Keyingi yillar Internet WWW ning rivojlanishi yanada tezroq sur`atda bo`ldi WWW serveri va tarmoqdagi kompyuterlarning aniq sonini aytish qiyin, chunki u har kuni o`zgarib turadi. O`rtacha Internet dagi kompyuterlar soni 1995- yil iyuniga 6.5 million deb hisoblangan va kompyuterlarning aksariyati AQSH da joylashgan. Internetning keskin rivojlanishi va WWW bo`ylab sayohatlarning ommaviylashishi shunga olib keldiki, ularni bir xil deb tushuna boshlashdi. Kelinglar, avvalo shuni xal qilib olaylik – Internet va butun Dunyo Tarmog`i bir xil emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining to`plamini belgilaydi. Internet turli xil kompyuter xizmatlarni ko`rsatadi. Bu – elektron pochta. Usenet telekonferesiyalari, ma`lumot fayllarini uzatish sistemasi, Telnet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher sistemasi va Bugungi Dunyo Tarmog`i - WWW. Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir. Lekin u juda tez rivojlanmoqda. WWW – Internet ning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shuning uchun butun dunyo tarmog`i, butun olam axborotlar ombori kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma`lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporasiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro`znomalar yoki oddiy shaxslardir. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir. Demak, Internet bu kompyuter tarmoqlari majmui bo`lib, uning quyidagi imkoniyatlari mavjud: - Axborotni o`qish va tarqatish; - Ma`lumotni nomiga qarab tezda topish; - Ma`lumot nusxasini ko`chirib olish; - Xat almashish; - Telekonferensiyalarda ishtirok etish; - Muzokaralar olib borish; - Muloqat qilish. Tayanch iboralar: Download 127.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling