Home, End – kursorni mos tarzda satr boshiga va oxiriga siljitish tugmachalari;
Delete – kursordan o`ng tomonda turgan yoki kursor turgan belgini o`chirish tugmachasi;
Insert – belgining o`rniga yozish va siljitib yozish rejimlarini o`rnatish Ғ olib tashlash tugmachasi. Bunda kiritilayotgan belgi kursor turgan belgining o`rniga yoziladi (agarda o`rniga yozish rejimi o`rnatilgan bo`lsa) yoki bu belgi o`ng tomonga siljitib yoziladi (agarda siljitib yozish rejimi o`rnatilgan bo`lsa).
3. Ko`makchi tugmachalar
Ko`makchi tugmachalarda raqamli tugmachalar bilan kursorni boshqaruvchi tugmachalar birgalikda joylashgan. Num Losk - tugmachasi bosilgan holda ya`ni chiroqchasi yongan paytda klaviaturaning yordamchi tugmachalari raqamlarni beradi, aks holda esa kursorni boshqaruvchi tugmachalar bo`ladi. Num Losk tugmachasi holatni o`zgartiradi, ya`ni raqamli tugmachalardan kursorni boshqaruvchi tugmachalarga almashtirish va aksincha.
4. Funksional tugmachalar
F1-F12 - tugmachalar maxsus yoki funksional tugmachalar deyiladi. Shuning uchun ham tugmachalarda F harfi ishlatiladi. Funksional tugmachalar dasturlarda alohida funksiyalarni bajaradi ya`ni dasturlarda qanday dasturlashtirilganiga bog`liq.
3-расм К л а в и а т у р а
Masalan: F8 tugmachasi NC dasturida fayllarni o`chirsa, leksikon (Lexicon) tahrir dasturida esa berilgan satrni markazlashtiradi. Shuning uchun funksional tugmachalarning vazifalari dasturlarda alohida o`rganiladi.
5. Maxsus tugmachalar
Esс– kiritilgan buyruqni inkor qilish tugmachasi.
Print Scrn– ekrandagi mavjud axborotni bosmaga chiqarish;
Scroll Lock– ba`zi dasturlarda kursorni ma`lum holatda tutub turib, hujjatni to`lig`icha varaqlash maqsadida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |