Maktab nizomi


V. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI


Download 107.89 Kb.
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1631541
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nizom2

V. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI

5.1.Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko‘ra, direktorning buyrug‘i asosida,shartnomaga binoan qabul qilinadi.


5.2.pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni va Mehnat kodeksi bilan belgilanadi.
5.3.Maktab pedagogik xodimlari:
-pedagog-o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
-maktabda, jamoat orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;
-ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarning ham hatti-harakatlaridan habardor bo‘lishlari;
-maktab obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;
-kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;
-o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-oanlarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
-o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o‘rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;
-o‘zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
5.4.Pedagog-o‘qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim;
5.5.Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
5.6.Maktabda har bir fan yo‘nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.
5.7.O‘qituvchilar:
mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
maktab Direktori va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo‘yicha navbatchilik qiladi;
o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo‘ladi;
5.8.Maktab o‘qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish institutlarida o‘z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o‘quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so‘ng malaka oshirishdan o‘tadilar.
5.9.Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to‘g‘risidagi tegishli Nizomga binoan o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi.
5.10.Maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda,(2) ishchilar jamoasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashish yo‘li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11.Maktab pedagog hodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: ( 1) o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish,(2) ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarni ongli ravishda tanlashga va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish,(3) o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash.


Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling