Maktab nizomi
II. MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 107.89 Kb.
|
nizom2
II. MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI
2.1. Maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash,shaxsni ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishdan iborat. 2.2.Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi,ulardagi tashkilotchilik qobilyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko‘maklashadi. 2.3.Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiriladi,o‘quvchilarni har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi,shu jumladan o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. 2.4.Bola huquqlarini ta’minlash,uning qadr-qiymatini e’zozlash,bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir. 2.5.Maktabning asosiy vazifalari: o‘quvchinig qaysi millatga,dinga,irqga mansubligidan,ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar umumiy o‘rta ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratib beradi; ta’limning uzluksizligini ,izchilligini.insonparvarligi va demokratikligini. ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi; iste’dodli, qobilyatli, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi, rag‘batlantiradi. o‘quvchilarga puxta bilim va ko‘nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni tashkil etiladi; o‘quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi; o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga(bayrog‘i, madhiyasi va gerbi)hurmatni, qat’iy intizom va Fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi. 2.6.Maktablarda sifatli umumiy o‘rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi: bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta biladigan shaxs sifatida kamol toptirish; ahloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o‘zining fikriga ega, tashabbuskor sog‘lom avlodni etkazib berish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchilarni o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir. Download 107.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling