III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, yani deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy saylov okruglari boyicha koppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan 150 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining on besh nafar deputati Ozbekiston Ekologiya harakatidan saylanadi. Qonunchilik palatasi uning barcha deputatlarining muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan.
Oliy Majlis Senati (yuqori palata) hududiy vakillik palatasi bolib, 100 nafar senat azolaridan (senatorlardan) iborat. Senatorlar Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining on olti nafar azosi fan, sanat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bolgan hamda alohida xizmat korsatgan eng obroli fuqarolar orasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga tolgan hamda kamida besh yil Ozbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Ozbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati azosi bolishi mumkin emas.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |