II bosqich: Otilgan va uyga berilgan mavzuni sorash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol javob orqali aniqlanadi:
1.Nimalar Ozbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinishi omillari boldi?
2.Ozbekiston Konstitutsiyasida qanday yangi qoidalar mustahkamlab qoyilgan?
3.Qonunlar ustunligi deyilganda nima nazarda tutiladi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bolib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat qurilishi asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini belgilab beradi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarini tuzishni tartibga solib turadi, saylov tizimini joriy etadi, davlat ramzlarini belgilaydi va Konstitutsiyaga ozgartirish kiritish tartibini mustahkamlab qoyadi.
1992-yilgi Konstitutsiya xususiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ijtimoiy siyosiy tizim negizini yaratib beradi. Davlat mulki qatorida xususiy mulk ham davlat muhofazasidadir. Konstitutsiyada mafkuraviy xilma xillik, koppartiyaviylik mustahkamlab qoyilgan.
1992-yilgi Konstitutsiya davlatni emas, balki insonni birinchi oringa qoydi. Inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatlar deb elon qilindi.
Konstitutsiya, shuningdek, fuqaro va davlatni ozaro huquqlar va burchlar bilan boglovchi prinsipni ham mustahkamlab qoyadi.
Muqaddima Konstitutsiyaning kirish qismi. Muqaddimada Ozbekiston taraqqiyot yolining maqsadalari, vazifalari va prinsiplari qisqacha sanab otiladi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |