Uyga berilgan vazifa savol javob orqali aniqlanadi:
1.Konstitutsiyaviy kafolat degan tushunchaning mazniun-mohiyatini tushuntirib bering.
2.Ozbekistonda inson huquqlarining qanday qoshimcha milliy mexanizmlari yaratilgan?
3.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nafaqat Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, qolaversa, ularning burchlari ham belgilab berilgan. Kopchilikka malum bir haqiqat mavjud: Xuddi huquqlarsiz burchlar bolmagani kabi burchlarsiz huquqlar ham bolmaydi.
Buni hayotning ozi tasdiqlaydi. Jamiyatda yashab, oziga oxshaganlar bilan muomala qilar ekan, inson mutlaq erkin bola olmaydi, atrofdagi odamlrni inobatga olmasligining iloji ham yoq.
Bu prinsip har bir fuqaroga taalluqlidir hamda mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qoyilgan majburiyatlardan boyin tovlashga hech kim haqli emasligini anglatadi.
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (11-bob) fuqarolarning quyidagi burchlarini nazarda tutadi:
-Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish (48-modda);
-Ozbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrash (49-modda);
-atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolish (50-modda);
-qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni tolash (51- modda);
-oz mamlakatining himoyachisi bolish, harbiy yoki muqobil xizmatni otash (52-modda).
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |