III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Hokimiyat bolmagan jamiyatni tasavvur qilish qiyin, albatta. Jamiyat taraqqiyoti tarixidan olingan misollarda (Qadimgi Rim, Buyuk Karl imperiyasi va hokazolar) hokimiyat bolmaganda jamiyat ichki ziddiyatlar va hokimiyat uchun kurash yuki ostida nest-nobud bolishini korishimiz mumkin.
Kop asrlar davomida insoniyat ideal davlat barpo etish uchun baxt-saodat formulasini behudaga izladi. Sharq orta asrlar mutafakkirlaridan Abu Nasr al-Forobiy davlat, davlatni boshqarish shakllari, davlatning vazifalari va boshqa shu singari tushunchalarga tarif bergan. Abu Ali ibn Sino esa ijtimoiy adolat va tartibotni taminlagan odil hukmdor hukmronlik qilgan davlatni mukammal davlat deb hisoblagan. Shuning barobarida, u davlatning har bir fuqarosi foydali mehnat bilan shug‘ullanishi lozim, deya ta’kidlaydi.
Mustaqillik e’lon qilinishi bilan O‘zbekistonda o‘z yangilanish va jamiyat taraqqiyot yo‘lini tanlab olish imkoniyati vujudga keldi. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning nazariy asoslari mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov asarlarida bayon etilgan.
O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘li to‘rt prinsipga asoslanadi:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-inson oz imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-vatanparvarlik.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |