III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Vazirlar Mahkamasining asosiy tashkilotchiligi va faoliyatiga Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi togrisidagi Qonun bagishlangan. Vazirlar Mahkamasi - Ozbekiston Respublikasi hukumati va O zbekiston Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda manaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Ozbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuziladigan xojalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning faoliyatlari kelishuvini taminlaydi. Vazirlar Mahkamasi oz faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi konstitutsuyaviy normalar va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq О‘zbekiston Respublikasining butun hududdagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o’z faoliyatini davom ettirib turadi. (98-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |