Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Ganjayeva Z


Download 0.53 Mb.
bet71/84
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#236250
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
11 huquq ishlanma

Siyosiy partiya - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat ho­kimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali dav­lat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasi.

2)Jamiyatda oilaning roli shunchalik ahamiyatliki, u adolatli tarzda har qanday jamiyatning negizi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy hayotning alohida sohasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda kelajakda jamiyatda yashashi va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo‘lgan shaxs­ning dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakllanishi jarayonlari kechadi.

Jamiyatning ahvoli ham, o‘z navbatida, inson oilada qanday tarbiya olganligiga, bu dargohdan qanday ma’naviy e’tiqodni qalbiga singdira bilganligiga, shaxs oilada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar qanchalik maqbul ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan oilani muhofaza qilishga istalgan jamiyatda, har qanday davlatda alohida e’tibor beriladi.

3)Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq man­faatlarini ifodalaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan 150 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining o‘n besh nafar deputati O‘zbekiston Ekologiya harakatidan saylanadi. Qonunchilik palatasi uning barcha deputatlarining muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan.

Oliy Majlis Senati (yuqori palata) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 100 nafar senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat. Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling