III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Shaharlar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar va ovullar mahallalarida tashkil etiladigan ozini ozi boshqarish organlarining strukturasi va huquqiy maqomi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida va Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisidagi Qonunda belgilab qoyilgan. Fuqarolarning о ‘zini о ‘zi boshqarishi - bu Konstitutsiya va О‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning o‘z manafaatlari, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlari va ananalaridan kelib chiqadigan masalalarni hal etish boyicha mustaqil faoliyati hisoblanadi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar va ovullardagi ozini ozi boshqarish organlari fuqarolar yig ini bolib, 2,5 yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadi. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli hududda amalga oshiradilar. Fuqarolar yigini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiluvchi qaror qabul qiladi.
Fuqarolar yiginida on sakkiz yoshga yetgan va tegishli hududda doimiy yashaydigan shaxslar ishtirok etadi. Fuqarolar yiginining organlari quyidagilar hisoblanadi: fuqarolar yigini kengashi, fuqarolar yiginining asosiy yonalishlari boyicha komissiya va taftish komissiyasi. Ozini ozi boshqarish organlari mamlakat aholisiga ozlarining konstitutsiyaviy huquqlarini jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |