III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Hokimiyat tarmoqlaridan qaysi biri inson huquqlarini himoya qilish borasida eng asosiy ekanligini aniqlash masalasi ustida hech oylab korganmisiz? Hokimiyat tarmoqlaridan har biri inson huquqlarini himoya qilish vazifasini amalga oshiradi. Ammo ulardan har biriga inson huquqlarini himoya qilishning oz usullari va yollari xosdir. Har bir insonning hayoti voqealarga boyligi va turli-tumanligi bilan qiziq. Biroq inson jamiyatda yashar ekan, uning xatti-harakatlari boshqa kishilar huquqlariga zid kelishi mumkin. Asosiy vazifasi davlat manfaatlarini va har bir odamning manfaatlarini muhofaza etishdan iborat bolgan davlat organlari ham kishilar ortasida hakamlik qilishga davat etilgandir.
Basharti, qonun chiqaruvchi organlar qonunlarni qabul qilsa, sud organlari esa qonunlar asosida odil sudlovni amalga oshiradilar. Shunday qilib, sud hokimiyati tarmogining bosh vazifasi - inson huquqlarini himoya qilish, fuqarolar ortasidagi nizolarni hal etish, aholi va davlat organlarining ozlari ham qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdir.
Sud - odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu jumladan, davlat organlari tomonidan sozsiz ijro etilishi shart ekanligini anglatadi.
Ozbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, mamuriy, fuqaroviy, xojalik va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, yani ish korib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |