Maktab о‘quvchilarining kasb tanlashga bo‘lgan motivlarini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining nazariy asoslari


Download 21.65 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1327876
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH

Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Olingan natijalar ijtimoiy psixologiya , boshqaruv psixologiyasi, psixodiagnostika fanlarini nazariy jihatdan boyitishga yordam beradi hamda psixologiyaning maxsus tarmog`i sifatida insonlarning psixologik xavfsizligini ta’minlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan ma’lumotlar, xulosa va amaliy tavsiyalardan psixologiya sohalarini o‘qitishda raxbar o‘qituvchi, raxbar hodimlarni tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda psixolog va pedagoglar foydalanishlari, shaxs kamolotiga ta’sir etuvchi psixologik salomatlik masalalarini ijobiy va salbiy tomonlarini anglashda , salbiy tomonlarini bartaraf etishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishimizning tuzilishi: Bu dissertatsiya ishi kirishdan, uch bobdan , yetti bo’lim, xulosalardan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan , ilovalardan iborat.
Anisimova, Yu.V. Lavrikova, N.G. Pechenyuk, E.E. Smirnova, N.F. Talyzina mutaxassis modellini ishlab chiqgan bo’lsa , O.S. Gazman, I.A. Kolesnikova, N.S. Pryazhnikova kasbiy o'zini o'zi belgilash muammosi bo'yicha ish olib brogan . A.L. Busigina, N.V. Kuzmina, A.N. Leontieva, A.M. Matyushkina, S.L. Rubinshteyn, P.I. Samoilenko, V.A. Slastenina, A.L. Fatyxova kasbiy kompetentsiya bo'yicha , P.F. Anisimova, V.I. Baidenko, O.V. Zaslavskaya, G.I. Ibragimova, G.V. Muxametzyanova, V.E. Sosonko, T.V. Lopuxova, G.I. Kirilova, L.A. Tainulova, N.V. Teltevskaya, E.A. Korchagin, R.X. Shakurova ta'lim sifatining bilimlarni o'zlashtirish sifatiga, kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish darajasiga bog'liqligini tadqiq etishgan
1.2. Ilmiy bаdiiy mаnbаlаrdа kаsb-hunаrgа yo’nаltirish mаsаlаsi , kаsb-hunаrgа yo’nаltirishning shаkl, mеtоd vа vоsitаlаri
Axolining ratsional va samarali bandligini ta'minlashda kasb-hunarga yo'naltirishning asosiy o'rni shundan iboratki yoshlar va axoli tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan xolda tanlovi ularning kelgusi mexnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarlarga bo'lgan mavjud extiyojlarni xisobga olgan xolda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi, xamda insonlarning ish qidirishi, ta'lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi qiyinchilik xolatlarining oldini olishga yordam beradi. Konseptsiyaga O'zbekiston Respublikasining ta’limga oid huquqiy meyoriy hujjat sanalgan yangi taxrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi hujjatlari, Xalqaro mehnat tashkilotining Nizomlari, konventsiyalari va takliflari, bir qator boshqa me'yoriy xujjatlar, shuningdek rivojlangan mamlakatlarning ushbu soxadagi ishlarining amaliy tajribalari asos qilib olindi

Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling