Maktab ta‘limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Download 416.04 Kb.
|
Tarbiya BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «fe’l-atvorning milliyliga»
2001-yil 18-yanvarda O’zbekiston Prezidentining «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1. Shuningdek, 2006-yil 25-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»2 Qarori, 2017-yil 28-iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son Qarori3 qabul qilindi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining tsivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi. Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin: 1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi. 2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi. 3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi. 4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim. 5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi. 6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak. 7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu borada: «Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga etish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning hurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga etkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 220-bet) degan edi. Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit—kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyutsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyutsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraq-qiy etgan turlarga hos bo’lgan emotsional-instinktiv hususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu hususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi. Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi. XIX asrga kelib g’arb ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy hususiyatlarini tadqiq qiluvchi kulturantropologiya va sotsiologiya yo’nalishlari mahsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu — boshqacha tarbiya — milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi hususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi. XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yahshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z hatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi erlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Ovrupoda kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yohud bu xalqlarning milliy hususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. Chunki mustamlakachi, milltsioner, plantatorlar o’z mustamlakalari — mahalliy xalqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi—mahalliy xalqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi. O’zga xalqlarning maishiy harakterini o’rganish faqat mo’may foyda orttirish maqsadi bilan cheklanib qolmadi. Chunki mustamlakachilar va mahalliy xalqlar milliy qadriyatlari orasidagi mavjud tafovutni echish ilmiy muammoga aylanib ulgurgandi. Zero, ovrupoliklar boshqa millatlarni shahslar majmui emas, balki qandaydir aqlga zid afsonalar ta’sirida yashovchi individlar, deb id-rok qilar edi (N. Trubetskoy, N. Berdyaev). Masalan, osiyoliklar yoki afrikaliklar o’zlari uchun milliy, ovrupoliklar nazarida esa qandaydir «g’alati» ahloq-odob, urf-odat, an’analarga rioya qilar edilar. Ikkinchi tomondan, mahalliy xalqlar uchun ovrupoliklarning hatti-harakatlari, odob-ahloqi, urf-odatlari huddi shunday g’alati ko’rinardi.Hsu tariqa, yuqoridagidek o’zaro milliy-madaniy tushunmovchiliklar, ziddiyatlarni echish, bir-birini tushunish ehtiyojlari XIX asrda madaniy antropologiya asosida «noovrupo jamiyatda madaniyat va shahs», «etnopsihologiya» singari ilmiy yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. Natijada, «fe’l-atvorning milliyliga» ilk bor ijtimoiy-siyosiy, keyinchalak esa pedagogik ilmiy tushunchalarga aylana bordi. Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip (o’z xalqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi. M. Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi xulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy hususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chiqarish va hayotiy malakalar, afsonalar, xulq-atvor tarzi, bolalarga, o’smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o’ziga hosligi katta rol o’ynashini M. Mid alohida qayd etadi. Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy xulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu xalqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi. Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi2. .Milliylikning barkamol sub’ektini tarbiyalashni tadqiq qilish yo’lidan borar ekanmiz, milliylikning nafaqat madaniy-ijtimoiy, balki fiziologik asoslari ham ochildi. Download 416.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling