Maktab ta‘limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy
Download 416.04 Kb.
|
Tarbiya BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini.
Тарбиявий воситаси сифатида ўқитувчининг шахсий намунаси ва обрўси, анъана ва қадриятлар, таълим муассасасидаги мухитнинг инсонпарварона эканлиги хизмат қилиши мумкин.
Фақат ахлоқий ва маънавий жиҳатдан комил шахсгина ижобий тарбиявий таъсир кўрсатишга қодир бўлиб, фақат мутахассис сифатида етилган кишигина ёшларга юксак маънавият хамда тақаккур соҳиби сифатида ўзининг ижодий ўзлигини намойиш қилишга ҳаракат қилиш туйғусини юқтириш мумкин. Юксак маънавий комиллик, юрт озодлиги, ободлиги ва халқ фаровонли йўлида фидокорона меҳнат қилиш, ўзига ва атрофдагиларга нисбатан талабчан бўлиш, ўзида иродавий сифатларни тарбиялай олиш, интилувчанлик, ташаббускорлик, ташкилотчилик, ижодкорлик ҳамда мустақил фикрлаш лаёқатига эга бўлиш каби хислатларни мустақил Ўзбекистон Республикаси ҳаётида устувор бўлган тамойиллар сифатида эътироф этиш мумкин. Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini. O’zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ’ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga payvand qilishni, yosh avlodlarda O’zbekiston vatanparvarlariga hos fazilatlarning tarihiy o’zaklarini aniqlashni, o’zbek xalqi tarihi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy-tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarih qirralarini ham o’rganishni talab qiladi. Chunki tarih o’zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo’yganligini; davr o’zgarishi bilan milliy tarbiyada fe’l-atvorimizda qay sifatlar qaysi tomonlarga o’zgarganligi, qaysi sifatlar o’zgarmay, avloddan-avlodga meros bo’lib etib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o’rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai nazaridan g’oyat qimmatlidir. Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarihchilari qiziqib kelishgan. Buni tarihchi Strabonning asarlaridagi massagetlar ahloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko’rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o’lkamiz hududida ko’plab qabilalarga bo’linib yashagan. Ular uchun o’zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan. O’tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo’lgan farzandni orzu qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarih davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g’ururlilik, sadoqatli (jon do’sti) do’st bo’la olish, o’z burchini, o’z so’zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo’lgan. O’zbek olimi, professor Y. Jumaboevning qayd qilishicha, ajdoddarimiz « ... o’z burchini ado etish, dushman ustidan g’alaba qilshl yo’lida qahramonlarcha o’z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o’z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to ohirigacha kurashishga shay» turganlar. Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo’lganligini sak qabilasiga mansub cho’pon Shiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko’rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarihchisi Gerodot shoh Doroning O’rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, Shiroqning mingboshi Ranosbatga qarata aytgan quyidagi so’zlarini keltiradi: « — Men g’alaba qildim, chunki saklarni, mening yurt-doshlarimni sizlarning hammangizda saqlash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo’ldim». Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarihiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiylik mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarihi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O’rhun-Enisey yozma obidalari, maniheylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o’rgangan olimlarning ilmiy hulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «Yasna»da chorvadorning adolatli, oqil va hur-matga sazovor bo’lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko’tarishgan. Lekin qo’lida qurol bilan, zo’rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko’chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz» — «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo’lgan. Bu esa o’z navbatida yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan. Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida ahloqiy uchlik: o’y-niyat—so’z—ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so’zi bilan ham ifodalash mumkin. «Men Yahshi niyat, Yahshi so’z va Yahshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yahshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman» — deb yozilgan «Yasna»da. «Yahshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtoj va havf-hatar ostida qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baht-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvliqda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorliqda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikri-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yahshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yahshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan. Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo’shilishga, el bilan birga bo’lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o’z-o’zidan ko’rinib turibdi. Zamonlar o’tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo’yiladi-gan talablar ham o’zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o’zlaridagi hislatlarning nafaqat Hudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg’ay bordilar. Jumladan, yahshi so’zlar — ahliga vafodorlik, berilgan va’dani oqlah, hamma oldi-berdilarda halol bo’lish, o’zgalarning haqini yemaslik, buzuqlikdan o’zini to’htata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyib bordi. Ma’naviyat – nur, ma’naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o‘zligini anglagan, o‘zining borliqdagi o‘rni va vazifasini tushunib etgan, haqiqat oldidagi o‘z maqomiga loyiq bo‘lish va burchini ijro etish ma’suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma’naviyati, o‘z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq halqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davomi etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbek xalqi milliy ma’naviyat jahon xalqlari madaniyati tarixida o‘ziga xos bebaho o‘ringa ega. Jahon madaniyati qadriyatlarini boyitish, sermazmun, o‘ziga xos xususiyatlari bilan kishini o‘ziga tortadi. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy, ilmiy, falsafiy, axloqiy, estetik huquqiy, siyosiy badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo‘lgan boshqa qadriyatlardan iboratdir. Xaqiqatan madaniyat-umuminsoniy hodisa. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da «ma’naviy –axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga alohida o‘rin berilgan. Unda aytilishicha, «YOsh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qoidalariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi» Demak, milliy ma’naviyat va uning asosiy mohiyati; Download 416.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling