Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


VI BOB. JISMONIY SIFATLAR


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

VI BOB. JISMONIY SIFATLAR

6.1. Jismoniy sifatlar to‘g‘risida tushuncha

“Jismoniy  sifatlar”  va  “jismoniy  tayyorgarlik”  atamasi 

maxsus adabiyotlar sifatida foydalaniladi. Bular inson harakat 

imkoniyatlarining  ayrim  tomonlarini  aniqlaydi.  Jismoniy 

sifatlar  dinamikasiga  tatbiqan  “rivojlanish”  va  “tarbiya” 

atamalari  qo‘llaniladi.  “Rivojlanish”  atamasi  sifatning 

sog‘lomlashtiruvchi  o‘zgarishlari  borishini  xarakterlaydi. 

“Tarbiya” esa harakatlantiruvchi sifat ko‘rsatkichlari o‘sishiga 

ta’sir  o‘tkazishning  faolligi  va  yo‘naltirilganligini  nazarda 

tutadi.


Jismoniy  sifatlarga  kuch,  chidamlilik,  egiluvchanlik, 

tezkorlik, chaqqonlik xos.

Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash 

va harakatlar bilan o‘rgatish o‘zaro bog‘liq. Jismoniy tarbiyaning 

bu  tomonlarini  o‘rganish  va  alohida-alohida  qarab  chiqish 

ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq bilib 

olishga yordamlashadi.

Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash 

organizmning rivojlanishi va o‘sishi bilan bog‘liq qator 

xususiyatlarga ega:

1.O‘spirinlik va yoshlik davrida bitta sifatning rivojlanishi 

boshqa jismoniy sifatlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, 

o‘qituvchilardan  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalashga  majmuali 

yondashuv zaruriyati talab qilinadi.

2.Organizmning rivojlanishida jismoniy sifatlarning o‘sishi 

ayrim yoshlarda ayniqsa, jadal ro‘y beradi. Bu sezgirlik (yoki 

sensitiv)  davrlar  deb  ta’kidlanadi.  Chunonchi,  mushak  kuchi 



41

uchun o‘sishning eng ko‘p tezlik darajasi 13-15 yoshlilarga xos, 

qizlarda chidamlilik ko‘rsatkichi 11-13 yoshda eng jadal o‘sadi, 

o‘g‘il  bolalarda  esa  –  14  yoshda,  mutaxassislarning  fikricha 

8-11  yosh  tezkorlik  imkoniyatlarini  tarbiyalash  uchun  eng 

qulaydir.  Chaqqonlikni  bolalar  bilan  o‘smirlarda  taqqoslash, 

kattalarda esa – yoshlar bilan taqqoslash bo‘yicha tarbiyalash 

xiyla qiyinroq kechadi.

3.Jismoniy sifatlarni tarbiyalash katta jismoniy yuklamalar 

bilan  kuzatiladi.  Bolalar  va  o‘smirlar  jismoniy  sifatlari 

o‘sishiga organizm uchun ziyon yetkazmasdan og‘ishmay rioya 

qilinganda erishiladi.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling