Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

5.8. O‘yin uslubi

O‘yin  uslubi  jismoniy  tarbiyada  qo‘llaniladigan  o‘yinlar 

uchun xarakterli bo‘lgan ko‘pgina belgilarga ega. O‘yin nafaqat 

jismoniy tarbiyaning vositasi (jismoniy mashqlar xarakterli 

tizimlari bilan), balki tarbiya va ta’limning samarali uslubi 

hamdir.  Shuning  uchun  o‘yin  uslubining  tabiatini  tushunish 

umuman o‘yinning mohiyatini tushunish asosida turadi.

Uslub  sifatidagi  o‘yin  nafaqat  umuman  qabul  qilingan 

o‘yinlar orqali amalga oshiriladi. O‘yin uslubining tushunchasi 

rasmiy  o‘yinlardan  ko‘ra  singdirish  shakllari  va  vositalari 

bo‘yicha ancha kengdir. O‘yin uslubida birorta ham harakatlar 

yoki  sport  o‘yinlaridan  foydalanilmasdan,  butun  darsni 

o‘tkazish mumkin.

O‘yin  uslubining  eng  xarakterli  belgilari  quyidagilardan 

iborat:

1.  O‘yin  harakatlarida  emotsionallik  va  raqobatbar-

doshlikning  yorqin  ifodalanishi.  Uslublar  odamlar  o‘rtasida 

nisbatan murakkab o‘zaro munosabatni qayta tiklashga imkon 

beradi. Shu munosabat bilan o‘yin uslubida o‘yinchilar o‘rtasidagi 



37

o‘zaro munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi 

va tartibga tushiriladi. 

2.  Harakatlarning  bajarilishidagi  shart-sharoitlarda 

o‘yinda  kurash  olib  borishning  shartlari  haddan  tashqari 

o‘zgaruvchan.  Buning  natijasida  o‘yinchilar  vujudga  kelgan 

vazifalarni yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. 

Ularda shakllangan ko‘nikmalar esa o‘zgaruvchan sharoitlarga 

muvofiqlashganligi bilan farq qilishi lozim.

3.Harakatlarda ijodiy tashabbuskorlikka yuqori talabchanlik, 

o‘yin vaziyatlarining o‘zgaruvchanligi jismoniy mashqlarning 

eng yaxshi natijaligini tanlashda mustaqillikni talab qiladi.

4. Yuklamada va harakatlar xarakterida qattiq talab qiluvchi 

tartibning yo‘qligi, o‘quvchiga tushadigan yuklamaning o‘yinda 

bajaradigan vazifalar va faolligiga to‘laligicha qaramligi.

O‘yin  uslubi  tartibga  tushirilgan  darajasiga  nisbatan  kam 

hollarda yangi harakatlarni o‘rganish uchun qo‘llanilgan paytda 

oshadi.


5. Xilma-xil harakatlantiruvchi ko‘nikmalar va sifatlarning 

majmuali namoyon bo‘lishi. O‘yinda muvaffaqiyatga erishish 

uchun o‘quvchiga bir qancha harakatlar majmuyidan (yugurish, 

sakrashlar,  uloqtirish  va  h.k.)  foydalanishiga  to‘g‘ri  keladi. 

Bularning hammasi o‘ynovchilarning organizmiga majmuali 

ta’sir o‘tkazishni ta’minlaydi.

6. Ko‘p hollarda o‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat 

biror-bir predmetlar masalan: koptoklar, bayroqchalar va h.k. 

yordami bilan amalga oshiriladi.

O‘yin  uslubi  uchun  qayd  qilingan  belgilarning  hammasi 

yoki  ko‘pchiligining  mavjudligi  xarakterlidir.  Undan  ta’lim 

samarasini  tekshirish  va  umumiy  jismoniy  tayyorlik  darajasi 

oshishining vositasi sifatida foydalaniladi.O‘yin uslubini to‘g‘ri 

foydalanilgan  vaqtda  ongli  intizomni  va  o‘zini  tuta  bilish, 

dadillik,  matonatlik,  tashabbuskorlik,  faollik,  jamoatchilik 

xissiyotini tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.




38


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling