5.10. Idrok qilishning ko‘rgazmali uslublari
Ushbu guruhning uslublari o‘rganiladigan harakatning
ko‘rish va eshitish idrokini ta’minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik
darajasini ko‘rish, ba’zan eshitish ham shug‘ullanuvchilarda
harakatlar to‘g‘risida ko‘proq (har tomonlama) tasavvur
tug‘diradiki, kelgusida qayta tiklash uchun taxminiy asosni
kengaytiradi.
Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini singdirishda
ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas).
Ularning yordami bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakatning
obrazi shakllanishida jonli mushohida qilish imkoniyatini
oladi. Shu bilan birga shuni hisobga olish kerak-ki, ayrim
odamlarda ko‘rish idroki, boshqalarida eshitishidroki yaxshi
rivojlangan bo‘ladi. O‘qituvchi ta’lim uslublarini qo‘llanishini
individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning yetakchi
rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida bu idrok
etishning ko‘rgazmali uslublarining barcha xilma-xilliklaridan
foydalanishni ta’kidlaydi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Ta’limning uslublariga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan didaktik uslublardan
qaysi birini bilasiz?
40
Do'stlaringiz bilan baham: |