Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
5.9. Musobaqa uslubi
Musobaqa uslubi musobaqa uchun xarakterli bo‘lgan ko‘pgina belgilarga ega. Biroq musobaqa usuli qo‘llanishning keng sohasini qamrab oladi, undan mashg‘ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida ham foydalanilsa bo‘ladi. Masalan: jismoniy tarbiya darsini musobaqa usuli bilan dars boshlanishidan oldin safga tortishdan boshlab va zaldan chiqish bilan tugallab o‘tkazish mumkin. Ushbu uslub o‘yin uslubi bilan ko‘pgina umumiylikka ega. U shundan iboratki, ta’lim jarayonining o‘yin uslubi har doim sujetli mazmunga ega. Musobaqa uslubida bu holat bo‘lmay va harakatni bajarish jarayonida to‘laligicha uning mazmuniga bo‘ysundiriladi. Agar yog‘och bo‘ylab siljish usuli takomillashtirilsa, “daryocha orqali o‘tkazish” ko‘rinishida sujetli mazmunga ega bo‘ladi. Binobarin, bu holda o‘yin uslubi qo‘llanilgan. Agar ushbu mashq o‘xshash syujetli rangga ega bo‘lmasa, lekin harakat texnikasini takomillashtirishga bo‘ysundirilgan bo‘lsa, demak u holda musobaqa uslubi qo‘llanilgan. Bu farqlar qay darajada bo‘lmasin o‘yin uslubidagi musobaqalashuvchi holatni olib tashlamaydi, biroq u mashqning sujetli mazmuniga bo‘ysundiriladi. Agar o‘yin uslubining mazmuni biror-bir harakatlanadigan yoki sport o‘yinidan iborat bo‘lsa, shu o‘yin bilan musobaqa o‘tkaziladi. Bunday holda ikkala uslub o‘rtasidagi farq yo‘qoladi. Musobaqa uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
1. Oldindan belgilab qo‘yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda barcha faoliyatning u yoki bu harakatda g‘alaba qozonish vazifasiga bo‘ysundirilishi. 2. Yuqori sport yutug‘iga erishish uchun kurashda jismoniy va ruhiy kuchlarni maksimal namoyon qilinishi.
39 3. O‘quvchilarni boshqarishda ularning yuklamalarini tartibga solish imkoniyati chegarlanganligi. Bu uslub harakatda vujudga kelgan vazifalarni yechishda katta mustaqillikni talab qiladi. Binobarin, musobaqa usuli harakatni mukammallashtirish vaqtida eng samaralidir. Biroq uni o‘rganishning dastlabki holatida qo‘llanilmaydi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling