56
tutiladi. Shu asosda, dars tahlili shuni ko‘rsatadiki, mo‘ljallangan
natijaga erishish uchun eng muhimi rejalashtirilgan mashqlar
bilan shug‘ullanuvchilarning turli xil faoliyatini bajarish
jarayonini amalga oshirish zarur.
O‘quvchilar faoliyatining ushbu unsurlari darsning
oxirgi natijasiga ham bog‘liqdir. Faoliyatning bu elementlari
mashg‘ulotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Biroq har bir sinf va o‘quvchining aniq harakati
o‘qituvchining muayyan faoliyatini keltirib chiqaradi. U ushbu
darsda vazifalar qo‘yishda, muayyan aniq vazifalarni yechish
va ularning bajarilishi uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir.
O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati ustidan kuzatishni
amalga oshiradi, ularning harakatini to‘g‘rilaydi va baholaydi,
yuklamani me’yorlashtiradi, hatti-harakatlarini boshqaradi,
bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi va
boshqalar.
Pedagogning bu ko‘p qirrali faoliyati, shug‘ullanuvchilar
harakatini belgilovchi va yetakchi omilidir, shuning uchun ham
u darsning salmoqli qismini tashkil etadi.
Darsning mazmuni o‘qituvchi tomonidan rejalashtiriladi,
biroq pedagog bolalar bilan hamkorlikda ishlash jarayonida
vujudga keladigan sharoitlar va vaziyatlarning barcha
elementlarini oldindan ko‘ra olmaydi. Shuning uchun ish
amaliyotida darsning mazmuni loyihalashtiriladigan va uni
o‘tkazish jarayonida tarkib topadigan aniqlik farqlanadi. Aniqlik
darsning mo‘ljallangan mazmuni bilan to‘la mos kelmaydi. Bu
holatni o‘qituvchi darsni o‘tkazish jarayonida hisobga olishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: