Ta’lim vazifasi ta’lim jarayonining mazmunini aniqlaydi,
o‘quv faoliyatining maqsadga qaratilgan ko‘rsatmasini beradi,
darsning aniq natijasini mo‘ljallashga imkon beradi. Ammo
bu samaraga faqat ular to‘g‘ri ifodalangan sharoitda erishilgan
bo‘ladi.
Ta’lim vazifasining noaniq quyilishi o‘quv jarayonining
buzilishiga olib keladi, o‘quvchilar faolligiga ko‘maklashmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim vazifalari aniq qo‘yilishi barcha harakatlar
o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, yuqoriga sakrashni
egallash uchun avvalo yugurib borish, depsinish yoki taxtaning
ustidan o‘tish, yerga qo‘nish vazifasi qo‘yilishi zarur. Shu
bilan birga alohida harakatlarni o‘zlashtirish tartibida ularning
bajarilishini tartibsiz amalga oshirish mumkin. Chunonchi,
balandlikka sakrash, yugurib kelish, depsinish, uchish va yerga
qo‘nish bilan o‘zlashtirishdan boshlanadi.
59
Bundan tashqari darsning vazifasi «tanishtirish» (masalan,
musobaqalar qoidalari, «Alpomish» va «Barchinoy»
majmuasining talablari va normativlari bilan) va «baholash»
(ayrim mashqlar va kombinatsiyalarning bajarilishini) so‘zlari
bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |