Sog‘lomlashtirish – o‘qituvchi ta’lim vazifasi bilan parallel
tarzda sog‘lomlashtirish vazifasini ham quyadi. Buning uchun
darsda bajariladigan jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilar
organizmiga
ma’lum
darajada
ta’sir
o‘tkazishiga
ko‘maklashuvchi qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shu asosda
mashg‘ulotlarni gigiyenik sharoitda o‘tkazish, ularni toza
havoda uyushtirishning zaruriy jismoniy yuklamasini to‘g‘ri
tashkil qilish katta ahamiyatta ega.
Sog‘lomlashtirish vazifalarini yechish tufayli bir nechta
mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, vaqtincha jismoniy
yuklamalardan ozod etilgan, salomatligining holati bo‘yicha
maxsus tibbiy guruhlarga kiritilgan o‘quvchilar bilan
mashg‘ulotlarni alohida tashkillashtirish talab qilinadi.
Shug‘ullanuvchilarni jismoniy mashqlarni mustaqil
bajarishga o‘rgatish juda muhimdir.
Ta’lim bilan parallel tarzda sog‘lomlashtirish vazifasini
amalga oshirayotib, o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan ularga e’tibor
qaratishi lozim.
Darslarni kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi bir
o‘qituvchilar o‘quvchilarning ruhiy tayyorgarligiga yetarlicha
ahamiyat bermaydilar. Bu o‘quvchilarni o‘z holatini
boshqarishni uddalay bilish ta’limi va topshiriqlarni bajarishga
undaydi.
Darsni har tomonlama baholash uchun taklif qilingan
normaga ko‘ra organizmga ta’sirini aniqlash uchun xronometraj
olib borishga murojaat qiladilar.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |