Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


O‘quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/76
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#254255
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar

8.7. O‘quv kuni tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari

Jismoniy  tarbiya  darslari  jismoniy  tarbiya  o‘qituvchisi 

kuzatuvi ostida, instruktorlar yordamida, sinf rahbari yoki sinf 

tarbiyachisi rahbarligida uyushtiriladi.



Mashg‘ulotlargacha o‘tkaziladigan gimnastika. Qator 

mutaxassislar va o‘qituvchilar fikriga ko‘ra, bu shakl eng ko‘p 

murakkab  hisoblanadi.  Ayni  vaqtda,  ko‘pgina  maktablarning 

tajribasi shuni ko‘rsatadiki, barcha zaruriy tashkiliy va uslubiy 

shakllarga rioya qilinganda  bu  kiyinchiliklarni  hal  qilish 

mumkin. Bu shakllarga quyidagilarni kiradi:




62

- pedagoglar gimnastika ahamiyatini chuqur tushunishlari.

- bolalarning maktabga ko‘proq barvaqt kelishi zaruriyatini 

ota-onalar bilan kelishib olish;

-  maktabning  barcha  pedagoglarini  gimnastikani  shaxsan 

bajarishni uddasidan chiqishga tayyorlash, unga rahbarlik qilish 

va uni nazorat qilish;

-  mashg‘ulotlar  joylarini  ochiq  havoda  va  sport  zallarda 

tayyorlash;

- faol o‘quvchilarni tayyorlash;

-  o‘quvchining  shaxsiy  manfaatdorligini  oshirish  uchun 

mashg‘ulotlargacha gimnastika va ertalabki gimnastika mashq 

vazifalari farqini tushuntirish.

Faqat  bu  masalalar  yechilgandan  keyin  mashg‘ulotlar 

boshlanishiga  qadar  gimnastikani  uyushtirishga  kirishish 

mumkin.


Mashg‘ulotlargacha  gimnastika  quyidagi  o‘ziga  xos 

vazifalarni yechadi. O‘quv kunining boshlanishida o‘quvchilarni 

uyushtiradi, birinchi darsda o‘quvchilarning ishga layoqatliligini 

oshiradi, qaddi-qomati buzilishidan ogohlantiradi.

Gimnastikani mashgulotlargacha navbatchi o‘qituvchi 

boshqaradi. Har bir sinfga fizorg va instruktor rahbarlik qiladi.

Sinf rahbari va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mashqlarni 

sifatli  bajarilishiga  ko‘maklashadilar  va  choralar  ko‘radilar 

hamda nazorat qiladilar.

Gimnastikani  sinflar  v  guruhlar  bo‘yicha  (1-3,  4-6,  7-8, 

9-11) yoki har bir sinf bilan alohida o‘tkazadilar.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling