64
tarbiyaning vazifalariga va maqsadiga muvofiq keladi. Maktab
jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy tarbiya va sportni har
bir insonning hayotiy ehtiyojga aylantirishdir.
Bularga og‘zaki, targ‘ibot va tashviqot, nashriyot targ‘iboti,
ko‘rgazmali targ‘ibotlar kiradi.
Maktabda jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash.
Jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ishlari ham boshqa ko‘p
qirali ishlar kabi o‘quvchilarning mustaqil folligi sharoitida
bajariladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘z e’tiborlarini har bir
maktabda o‘z atrofida iloji boricha ko‘proq, nafaqat sportchilar,
balki qobiliyatli o‘quvchilarni musobaqaga jalb qilish, baza
yaratish hamda targ‘ibot va tashviqot olib borishga qaratishi
kerak.
Maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi uchun
rahbariyat amalga oshiruvchi tayyorgarlikdan boshqa
tashviqotlar ham o‘tkaziladi.
Faollikning eng optimal yosh tarkibi 7-8-sinflardir. Agar
bu sinf o‘quvchilari tashkilotchilik san’atini uyushtirishni
boshlasalar, u holda 9 sinfda o‘qituvchining barkamol
ixtisoslashgan yordamchisi bo‘ladi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Darsning xarakterli belgilari niamalardan iborat?
2. Jismoniy tarbiya darsiga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Darsning vazifalari qanday aniqlanadi?
4. Darsda pulsometriya va xronometraj qanday olib
boriladi?