Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
9.2. Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o‘qituvchi qator talablarga rioya qilishga majbur. 1. Reja kasb-hunar ta’limi rahbar organlari normativ hujjatlari va qarorlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ular jismoniy tarbiya tizimi zvenolari uchun davlat dasturi asosida tuzib chiqiladi. Rejalarning barchasi jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazirlik ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak. 2. Rejalashtirish vaqtida jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy prinsiplariga amal qilish lozim. Rejalashtirish jarayonida prinsiplarni amalaga oshirish uchun qulay shart- sharoit vujudga keladi: shaxsning har tomonlama rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi, sog‘lomlashtirishga qaratilganligi. Jismoniy tarbiyaning muntazamlik, individuallashtirish va bajara olishlikka qaratilganligi. Shu munosabat bilan vositalar tanlashda shug‘ullanuvchilarga har tomonlama ta’sir qiluvchi va yaxshi sog‘lomlashtirish samarasiga ega bo‘lganlarga ustunlik beriladi. Ko‘pchilik darslarni tabiiy sharoitlarda, ochiq havoda rejalashtirish lozim.
68 3.Istiqbolli va maqsadga qaratilganlikni rejalashtirishning muhim talablari, deb hisoblash lozim. Reja muayyan sikllarda (darslar seriyasi, chorak, yil) bo‘lishi oldingi sikllarga tayanishi va kelgusida ishga tayyorlashi zarur. Shunday qilib, tasodifiy dars chiqarib tashlanadi, chunki ularning hammasi muayyan tizimga birlashtirilgan. 4. Rejalashtirish aniq bo‘lishi kerak. Bu talab maktablarda ishni rejalashtirib, mutaxassis kelgunga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘q bo‘lgan joyda, sakkiz yillik va boshlang‘ichdan o‘rta maktabga o‘tishda, shuningdek, moddiy- texnika bazasining ta’minlaganlik darajasini hisobga olishni nazarda tutib amalga oshiriladi 5.Rejalashtirishning aniqligini ta’minlash bosqichida uning vazifalari va bu vazifalarga muvofiqlashtirish vositalar bo‘yicha aniq bosqichlarda belgilanishida ifodalangan. Mashqlarning eng ahamiyatlisini, universalligini tanlash, yoki aksincha, maksimal pedagogik samarani ta’minlovchilarini tanlash zarur. Vositalardan foydalanish izchilligining buzilishiga va “kuchli ta’sir qiluvchi mashq”dan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 6.Rejalashtirishni ko‘rgazmalilikning grafikli shakllarini amaliyotga joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling