Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
maktab yoshidagi bolalar jismoniy tar
Darsning tuzilishi. O‘qituvchi dars mazmunining barcha
elementlarini darsni o‘tkazish jarayonida loyihalashtirgan bo‘lishi kerak. Ish qobiliyatining bir nechta zonasi mavjud: ish qobiliyati zonasi, start oldi holati zonasi, ishga kirishish ish zonasi,
57 nisbatan barqarorlashish zonasi va vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotish zonasi. O‘quv-tarbiya jarayonining mantig‘i kuyidagilarni talab qiladi: 1. Bilish faoliyatiga shug‘ullanuvchilarning izchil qo‘shilishi. 2. Jismoniy ish qobiliyatining zaruriy darajasiga asta-sekin erishish. 3. Ushbu mashg‘ulotga mo‘ljallangan ta’lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyalash vazifalapini muntazam ravishda yechish. 4.O‘quvchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatli ko‘maklashuvchi organizmning ishdan keyingi holatini yaxshi ta’minlash. Dars qismlarga bo‘linganidan keyin, dars tuzilishining umumiy vazifalarini eng yaxshi tarzda yechishga imkon beruvchi jismoniy mashqlarni (ularning ketma-ketligi ham) tanlash mashqlar ketma-ketligini aniqlashning zaruryatidan kelib chiqadigan ma’lum hodislar bilan bog‘liq. Darsning tuzilishini hal qiluvchi uchinchi bosqichi, darsni o‘tkazish jarayonida foydalaniladigan uslublar har bir mashqqa qo‘llanishi har qanday pedagogik vazifani yechishda shug‘ullanuvchilar va pedagogning izchil harakatlari o‘zaro aloqadorligini aniqlashdan iboratdir. Shunday qilib, har bir dars ma’nodor, uslubiy va tashkiliy elementlar birligini ifodalaydi. Bu birlikning buzilishi, qayd qilib o‘tilgan elementlardan har birining muhimligini e’tiborga olmaslik yoki tushunmaslik dars samaradorligining pasayishiga olib keladi, mo‘ljallangan vazifalarni yechish imkoniyatiga shubha tug‘diradi.
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling