Birinchi navbatda bullingdan aziyat chekkan bolaga
qanday javob berish kerak?
Bolaga ayting:
Men senga ishonaman (bu bolaga uning muammosida sizga yordam berishga qodir ekaningizni tushunishga yordam beradi).
Bunday holat sen bilan sodir boʻlganidan afsusdaman (bu bolaga uning his-tuygʻularini tushunishga harakat qilayotganingizni tushunishga yordam beradi).
Bu sening aybing emas (bolaga bunday vaziyatda yolgʻiz emasligini: koʻplab tengdoshlari bir vaqtning oʻzida yoki boshqa paytlarda qoʻrqitish yoki tajovuzning turli xil variantlarga duch kelishini tushuntiring).
Yaxshiyam, bu haqida meni ogohlantirding (bu bolaga qoʻllab quvatlash uchun yordam soʻrab toʻgʻri ish qilganini tushunishiga yordam beradi).
Men seni yaxshi koʻraman, va boshqa xavf ostida qolmasliging uchun qoʻlimdagi bor imkoniyatimni ishga solaman. (bu bolaga kelajakka umid bogʻlashga va himoyalanganligini his qilishga yordam beradi).
Yosh maktab oʻquvchilari - bulling ishtirokchilari bilan
suhbat oʻtkazish uchun tavsiyalar
Ochiq savollar berishdan foydalaning, bitta soʻz bilan javob qaytaradigan savollardan qoching.
Agar bola asos bilan, yetarli tafsilotlarsiz gapirsa, Siz u yoki bu voqeaga alohida qaytishingiz mumkin. Shuningdek, eng shikastlangan travmatik daqiqalarga diqqatini jamlashdan saqlaning.
Oddiy soʻzlar ishlating, grammatik qiyin savollar va maxsus terminlardan saqlaning.
“Nega?” degan savoldan qoching.
Olmoshlar oʻrniga maxsus ismlar va joy nomlaridan foydalaning.
Savollar berishda, bolaning muayyan voqealari va faoliyati bilan bogʻlang.
Jinsiy zoʻravonlik haqida soʻraganingizda, bolangiz bilan birgalikda turli tana a’zolarini qanday atalishini aniqlang. Keyinchalik savollaringiz orqali buning belgilaridan foydalaning.
Suhbat bosqichlari
Tayyorgarlik: Suhbatni boshlashdan oldin, vaziyat, bola va oila haqida iloji boricha koʻproq ma’lumot toʻplang. Oʻqituvchilar tarkibidan qaysi biri bilan suhbat oʻtkazishini aniqlang. Xonani tayyorlang. Suhbat shakli toʻgʻrisida qaror qabul qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |